Tashkent City'da O‘zbekistondagi ilk aqlli mehmonxonalar ish boshlaydi

Tashkent City'da O‘zbekistondagi ilk aqlli mehmonxonalar ish boshlaydi

Honeywell korporatsiyasi Tashkent City da joylashgan yangi Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi binolarini aqlli texnologiyalar bilan ta’minlaydi. Tashkent City – mahalliy va xalqaro korporatsiyalar uchun jozibador va qulay biznes muhitini yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy arxitektura loyihasi.

Honeywell korporatsiyasi o‘zining to‘liq integratsiyalashgan, kiberxavfsiz, bulutli boshqarish tizimini (BMS) o‘rnatib, u binolarni boshqarishning turli vositalarini – kirish/chiqish, isitish va ventilyasiya tizimlarini birlashtiradi. Zamonaviy binoni boshqarish tizimi eng muhim hayotni ta’minlash tizimlari nazoratini, energiya iste’moli boshqaruvini, shuningdek xavfsizlik, qulaylik va unumdorlikni ta’minlagan holda bino operatori ishini yengillashtiradi.

Joriy yilning o‘zida Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasining ochilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Honeywell Toshkentda va O‘zbekistonda joylashgan aqlli binolar va aqlli shaharlar uchun o‘z yechimlarini tarqatish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib olgan.

Honeywell kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyo hududlaridagi prezidenti Frans van Dyorsen shunday deydi: «Honeywell O‘zbekistonda energiya samarali texnologiyalar sohasida 20 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatmoqda. – Bizda Toshkent shahri va butun mamlakatni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab yechimlar mavjud. Biz yangi infratuzilmaviy loyihalarga aqlli binolar va aqlli shaharlar konsepsiyalarini joriy qilish orqali biznes va aholi uchun yanada xavfsiz, samarali va jozibador shahar muhitini yarata olamiz».

Honeywell kompaniyasining aqlli binolar uchun yechimlar to‘plami Buyumlar Internetiga asoslangan, bunda alohida qurilmalar ish jarayonida internet orqali bog‘langan bo‘lib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ma’lumotlar foydalanilishi, tahlil qilinishi va qimmatli axborotlarga aylantirilishi mumkin.

Honeywell binoni boshqarish tizimi ob’yektning murakkab arxitekturasi orasiga qurish imkoniyatini nazarda tutib loyihalashtirilgan. Uning yordamida operatorlar yanada aniq qarorlar qabul qilish, binoni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda asbob-uskunalarning nazarda tutilmagan ishlash tartibini, bu holatlar ularni ishdan chiqishiga olib kelishidan ancha avval oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tizim shuningdek, binoning asosiy funksiyalarini ehtimoliy kibertahdidlardan himoya qiladi. Honeywell zaifliklarni, ish samarasizligini oson aniqlaydigan va ularni tuzatish uchun variantlarni hisoblab beradigan asosiy texnologiyalar va jarayonlarni joriy qiladi – bu ehtimoliy kibertahlikalar to‘g‘risidagi xabardorlikni oshiradi.

Honeywell O‘zbekistonda 1998 yildan beri «Ximavtomatika» MChJ  kompaniyasi bilan qo‘shma korxona sifatida faoliyat yuritadi. 2010 yilda «Ximavtomatika» Honeywell Global injiniring markazi (Global Engineering Services, qisq. GES) nomini oldi va Honeywell kompaniyasining butun dunyoda faoliyat yuritayotgan to‘rtta shunday markazlaridan biri hisoblanadi. Honeywell GES Uzbekistan O‘zbekistonda, boshqa MDH, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida dasturiy-texnik majmualar va sanoat uchun yechimlarni loyihalashtirish, ularga injiniring va servis xizmatlarini ko‘rsatish sohasida buyurtmachilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Honeywell texnik ta’lim sohasida O‘zbekiston universitetlari, xususan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) bilan hamkorlik qiladi.

O‘QING: Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!