TATU matbuot xizmati ogohlantiradi!

TATU matbuot xizmati ogohlantiradi!

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mamlakatimizdagi eng ilg‘or oliygohlaridan biriga aylanib ulgurdi. Shuningdek, ayni vaqtda universitet faoliyatini kuzatib boradigan, undagi ta’lim jarayoniga befarq bo‘lmagan talabalarimiz, yurtdoshlarimiz, xorijiy hamkorlarimiz bizdan chiqadigan har qanday axborotlarni jiddiy e’tibor bilan kuzatib bormoqda. Bu quvonarli holat, albatta.

Ayni vaqtda universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, talabalar hayotini yoritib boradigan bir qancha feyk telegram kanallar, instagram sahifalar mavjud. Biroq ushbu kanallarda berib borilayotgan ma’lumotlar, joylanadigan turli axborotlar va umuman kanal hamda sahifalarning kontenti me’yor doirasida emas hamda universitet darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘ngilochar mazmundagi axborot tarqatuvchi bu sahifalar va kanallarning nomi negadir universitet nomiga o‘xshash, masalan: tuituzz, tatuuz, tuittatu, tuitnews, tuit_uzb va h.k.lar.

Eng yomoni, ko‘pgina internet foydalanuvchilari ushbu kanal va sahifalarda chop etilgan axborotlarni o‘qib boradi va ishonadi.

TATU matbuot xizmati shuni ma’lum qiladiki, bunday kanal va sahifalarda chop etilayotgan axborotlarga ishonmang (agar rasmiy saytimiz, telegram kanalimiz, feysbuk sahifamizni manba sifatida ko‘rsatmagan bo‘lsa)! 

Ayni vaqtda TATU matbuot xizmati quyida keltirilgan kanal hamda sahifalarni rasmiy deb e’lon qiladi va ushbu kanal hamda sahifalarda  TATUga oid chop etilayotgan yangiliklarni ishonchli deb biladi. Qolgan kanal hamda sahifalar ma’lumotlariga javob bermaydi.

Sayt: https://tuit.uz/uz

Telegram:  https://t.me/TUIT_ONLINE

Facebook: https://www.facebook.com/TUITuzb

Instagram: https://www.instagram.com/tatu.uz

VKontakte: https://vk.com/tuituz

LinkedIn:  https://www.linkedin.com/company/tuituzb

G‘ulomjon Nazarov,
TATU matbuot xizmati boshlig‘i

O‘QISh: «Youth techno art – 2019» bolalar texnik ijodkorligi festivaliga marhamat!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!