TATU talabasi «IT-Planeta 2016/17» xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

TATU talabasi «IT-Planeta 2016/17» xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

«IT-Planeta 2016/17» xalqaro olimpiadasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va yosh mutaxassislar uchun har yili tashkil etiladigan nufuzli ta’lim loyihasi hisoblanib, MDH davlatlarida AKT sohasida ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Har yili ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan 15 ming nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 350 nafar ishtirokchi finalga yetib keladi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti talabasi Feruz Muyassarov tanlovda O‘zbekiston Respublikasidan ishtirokchi sifatida qatnashdi va “eng kuchli 5 lik”da  4-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Feruz Muyassarov 1994 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. Tarmoq texnologiyalari va ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha bilimlarni olishga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi sababli nufuzli Cisco muassasasining sertifikatlarini qo‘lga kiritgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.