TATU talabasi yangi antivirus dasturini ishlab chiqdi

TATU talabasi yangi antivirus dasturini ishlab chiqdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichi talabasi, Beruniy nomidagi davlat stependiyasi sohibi bo‘lgan Shohruh Sharipov Windows va Android operatsion tizimlari uchun Dmax antivirus dasturini ishlab chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur virusga qarshi dastur bir necha funksiyalarga ega. Jumladan, unda vositalardagi viruslarni aniqlash, yo‘q qilish, qurilmalarning ishlash tezligini oshirish, manbadan o‘chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash, shuningdek, sarflanayotgan internet traffigini nazorat qilish va mobil sim karta xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator imkoniyatlar mavjud.

Muallifning aytishicha, mazkur dasturga 2015 yilgacha aniqlangan barcha viruslar haqida ma’lumotlar kiritilgan va ana shu viruslarni yo‘q qilish kuchiga ega. Dasturga patent olish uchun zaruriy xujjatlar O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligiga taqdim etilgan.