Telefon aloqa xizmatlari narxi 20 oktyabrdan boshlab oshiriladi

Telefon aloqa xizmatlari narxi 20 oktyabrdan boshlab oshiriladi

Shahar va xalqaro telefon aloqa xizmatlari narxi 20 oktyabrdan boshlab oshiriladi. Bu haqida «O‘zbektelekom» matbuot xizmati xabar bergan. Quyida siz 2017 yil 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi narxlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Axoli uchun shaxar telefon tarmog‘idan foydalanish oylik to‘lovi vaqt xisobi bo‘yicha 2350 dan 3000 so‘mgacha (Qishloq joylarda – 1035 so‘mdan 3000 so‘mgacha), to‘lov abonent tizimida esa 3090 so‘mdan 4000 so‘mgacha (qishloq joylarda 1520 so‘mdan 2000 so‘mgacha). Shunga mos ravishda, tashkilotlar uchun tariflar o‘rtacha 30 foizga oshirildi.

Xorijiy mamlakatlarga qo‘ng‘iroqlarning narxi ikki baravar ortdi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlari abonentlari bilan suhbat bir daqiqa uchun 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha, Rossiya, Ukraina va Belorussiya bilan 550 so‘mdan 1100 so‘mgacha ko‘paydi.

Telegraf xizmatlari ikki marta ortdi. O‘zbekistonda shaharlararo qo‘ng‘iroqlar narxi o‘zgarishsiz qoldi. Avvalroq, telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar 2016 Iyul 1 ko‘tarilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!