Telefonlarning yana bir zararli jihati aniqlandi

Telefonlarning yana bir zararli jihati aniqlandi

Bo‘yin yoki bosh og‘rig‘idan aziyat chekasizmi? AQShning JAMA Network tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijasida aniqlanishicha, bunga sabab telefoningiz bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, telefon sabab yuzaga keluvchi bo‘yin va bosh og‘riqlarining umumiy soni oxirgi 20 yil ichida keskin oshgan.

JAMA 1998—2017-yillar oralig‘ida mobil telefonlar sabab sodir bo‘lgan 2 501 ta jarohatni o‘rganib chiqdi va jarohatlarning aksariyati bosh, yuz, ko‘z, burun va bo‘yin sohalarida kuzatilgani aniqlandi. Eng ko‘p qo‘yilgan tashxislar qatoriga terini kesib olish, yaralanish va ichki organlardagi jarohatlar kirgan.

Tadqiqot ishtirokchilarining 55% ini ayollar, 38.8% ini oq tanlilar tashkil qilgan bo‘lib, ularning 37.6% i 13—29 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan. Foizlarni raqamlarga aylantirsak ko‘rish mumkinki, amerikaliklarning qariyb 76 000 nafari telefon sabab yuzaga kelgan jarohatlarga uchragan. 

Xo‘sh, telefonlar insonlarni qanday qilib jarohatlayapti? Aftidan, baxtsiz hodislarning aksariyati telefonga chalg‘ib qolish sabab sodir bo‘ladi. Yurib ketayotgan paytda telefon orqali matnli xabarlashish, ayniqsa, jarohatlanish holatlarining aksariyatiga sabab bo‘lgan.

JAMA'dagilarning ta’kidlashicha, mobil aloqa vositlari sabab yuzaga keluvchi jarohatlarni kamaytirish uchun telefonlarga bo‘lgan qaramligimizga barham berishga qaratilgan maxsus darslar tashkillashtirish kerak. Mavzuga doir batafsil ma’lumotni JAMA Network'ning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish uchun bu yerga bosing.

O‘QING: Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.