Telegram blog va nashrlarga mo‘ljallangan Telegraph platformasini ishga tushirdi

Telegram blog va nashrlarga mo‘ljallangan Telegraph platformasini ishga tushirdi

Telegram bugun turli nashr va bloglar yaratishga mo‘ljallangan yangi servis – Telegraph platformasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma’lum qilingan.

Yangi servis tashqi tarafdan Medium blog-platformasiga o‘xshab ketadi, biroq ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi va ancha takomillashgan funksiyalarga ega. Telegraph nashrlariga video, tvit va boshqa formatdagi kontentlarni qo‘shish mumkin.

Telegram messenjerida Telegraph bilan aloqador havolalar sahifani yuklanishsiz darhol ko‘rish imkoniyatini beradigan Instant View funksiyasi orqali ko‘rsatiladi (Facebook‘dagi Instant Articles analogi). Shuningdek, Telegraph platformasida boshqa bloglardan farqli o‘laroq, matnni turli xil yozuv shakllarida (qalin, qiya) yozish mumkin.

Telegram messenjerini so‘nggi versiyaga yangilab, Telegraph platformasidan ayni paytda foydalanish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!