Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Telegram messenjerining blogida shu yilning aprel oyida tashkil etilgan BotPrize tanlovining birinchi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad dasturchilarni samarali va kuchli botlarni yaratishga rag‘batlantirishdir. Tanlovning ilk g‘oliblariga jami 200 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan mukofot pullari taqdim etiladi.

G‘oliblar bilan tanishing:

@icon8bot – neyron tarmoqlar va elektron texnologiyalar yordamida tasvirlarga filtrlar qo‘llaydigan bot;

@integram_bot –  Trello, Gitlab va Bitbucket kabi dasturlarni tashqi servislar bilan  integratsiyalashga xizmat qiladigan bot;

@werewolfbot – Janubiy-Sharqiy Osiyoda mashhur Werewolf Game guruhli chatlariga mo‘ljallangan o‘yin;

@strangerbot – ikkita tasodifiy foydalanuvchilar o‘rtasida chatni ishga tushiradigan bot.  Janubiy Yevropa mamlakatlarida keng ommalashgan;

@octopocket_bot – Yevroittifoq aholisi orasida o‘zaro pul yuborishga xizmat qiladigan “aqlli hamyon” (shu bilan birga Ispaniya bankomatlariga ham integratsiyalangan).

Telegram g‘oliblar qo‘lga kiritilgan yutuqlarni kelgusida botlarni rivojlantirishga yo‘naltirishiga umid bildirgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!