Telegram’da rasmga niqob qo‘shish va GIF-animatsiyalar yaratish mumkin bo‘ldi

Telegram’da rasmga niqob qo‘shish va GIF-animatsiyalar yaratish mumkin bo‘ldi

Yurtimizda ommabop bo‘lgan Telegram messenjerida endilikda rasmlarga niqoblar qo‘shish hamda GIF-animatsiyalar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Messenjer kamerasi yordamida olingan suratlarda kishining yuzi avtomatik tarzda aniqlanib, optimal joyga o‘rnatiladi. Shuningdek, yangilanish tafsilotlari aks etgan xabarda foydalanuvchilar o‘zi ham turli niqoblar to‘plamini (stikerlar singari) qo‘shishlari mumkinligi aytilgan.

Redaktorda tasvirni ochgach, foydalanuvchi ishlatilishi mumkin bo‘lgan niqoblar ro‘yxatini ko‘radi.

483008 483009

Bundan tashqari, messenjerda foydalanuvchilar GIF-animatsiyalar yarata oladilar. Buning uchun Telegram’da video yozib olinadi, shundan keyin mute tugmasi bosilsa, video GIF formatiga o‘girilib boshqa foydalanuvchilarga yuboriladi. Yaratilgan animatsiyalar GIF bo‘limida saqlanadi.

Shuningdek, yangi Telegram dasturida endi ommabop stikerlarni ham kuzatib borish mumkin. Aytgancha, yangi versiya Android 7.0 Nougat dasturini ham ishlay oladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!