Telegram’da video-xabar yuborish mumkin bo‘ldi

Telegram’da video-xabar yuborish mumkin bo‘ldi

Yaqindagina ovozli muloqot funksiyasini ishga tushirgan Telegram messenjeridagi navbatdagi yangilanish foydalanuvchiga yana bir muhim imkoniyani taqdim etadi.

Planet Mobile portalining ma’lum qilishicha, ilovaning Android qurilmalar uchun sinov tariqasida ishga tushgan so‘nggi 3.18.1 beta-versiyasida qisqa video-xabarlarni yuborish funksiyasi mavjud. iOS foydalanuvchilari hozircha bir oz kutishlariga to‘g‘ri keladi.

Video xabar yuborish uchun Telegram messenjerining yangilanishini yuklab olib, ilovadagi “mikrofon” belgisini bosish kerak. Messenjer shunda foydalanuvchini videorejim bilan ulaydi va ekranda kamera belgisi chiqadi. Videoni yozib olish uchun bu belgini bosib turish kerak. Video yozib olingach, uni kerakli manzilga yuborish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!