Telegram’ga yangi funksiyalar qo‘shildi: IFTTT, muhim suhbatlarni ajratish va boshqalar

Telegram’ga yangi funksiyalar qo‘shildi: IFTTT, muhim suhbatlarni ajratish va boshqalar

Telegram mutaxassislari messenjerga uni Twitter, Instagram, Gmail kabi boshqa servislar bilan integratsiyalash imkoniyatini taqdim etadigan IFTTT (If This Then That) funksiyasini qo‘shdilar. Bu haqda kecha Telegram’ning blogida ma’lum qilingan.

IFTTT platformasi 360 dan ortiq turli (Twitter, Instagram, Gmail, Dropbox, Google Drive, Spotify, Pinterest ) servislarni o‘zaro sinronizatsiya qilish imkoniyatini beradi. Oddiyroq qilib tushuntirsak, endilikda foydalanuvchilar Telegram orqali boshqa servislarni boshqarishlari yoki ularda nashr qilingan kontentni messenjerda qabul qilishlari mumkin bo‘ldi.

Buning uchun @IFTTT botni ishga tushirish va platformada ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shundan keyin messenjer bilan integratsiyalanishi kerak bo‘lgan servislarni sozlash mumkin.

Shuningdek, @IFTTT botni guruh yoki shaxsiy kanalga qo‘shish imkoniyati ham mavjud. Jumladan, mazkur bot yordamida messenjerga Instagram-akkauntdan suratlarni yuklash funksiyasini sozlash mumkin.

Bundan tashqari, messenjerda muhim suhbatlarni chat ro‘yxatining yuqori qismiga mahkamlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Bu muhim odamlardan keladigan xabarlarni o‘tkazib yubormaslikka yordam beradi.

Servisning Android ilovasi uchun bir qator yangi funksiyalar ham qo‘shilgan. Ilovaning 3.15 versiyadagi Android ilovasida 3 ta yangi imkoniyat paydo bo‘lgan. Bular: Photo Editor‘da suratlarni yuqori aniqlikda aylantirish, videoni chat mobaynida tomosha qilish hamda saqlangan va kanallardagi mediafayllarni maxfiy chatlarga import qilish funksiyalari.

Telegram’ning yangi versiyalarini quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Android versiya.

iOS versiya.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.