Telegram’ning o‘nta yirik kamchiligi bor, bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  4578
  •  26.02.2018 11:55

Telegram’ning o‘nta yirik kamchiligi bor, bilasizmi?

Istalgan bir ilovaning ijobiy tomonlari, imkoniyatlari haqida internetdan ko‘plab ma’lumotlar topsa bo‘ladi. Jumladan saytimizda Telegram messenjeri xususida bir qator maqolalar, xabarlar va yo‘riqnomalar e’lon qilingan.

O‘QING: Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

Bugun esa aksincha – ushbu ommabop messenjerning kamchiliklari, aniqrog‘i – unga yetishmayotgan o‘nta funksiya haqida ma’lumot bermoqchimiz. To‘g‘ri, ideal ilova bo‘lish uchun Telegram’ga bundan boshqa yangiliklarni ham qo‘shish kerakdir, ammo mana shu o‘ntasi –  fikrimizcha, ayni kunda eng muhimlaridandir.

Qani, ketdikmi?

  1. Ushbu messenjerda yozishmalarni saqlab qo‘yish va zaxira nusxasini yaratish funksiyasi yo‘q. Unda o‘zaro almashilgan barcha xabarlar faqatgina Telegram serverlarida (maxfiy chatlardan tashqari) hamda foydalanuvchilarning qurilmalaridagina saqlanadi. Shuningdek, skrinshot qilib, rasm tarzida saqlab olish imkoni mavjud.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

  1. Telegram’da foydalanuvchi o‘zining «Onlayn» maqomini yashira olmaydi. To‘g‘ri, butkul «ko‘rinmas» bo‘lishning imkoni yo‘q, ammo messenjerga oxirgi bor kirgan vaqtingizni yashirsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Facebook’da to‘liq ko‘rinmas bo‘lishning oddiy usuli

  1. Telegram’da videoqo‘ng‘iroq qilish funksiyasi mavjud emas. Dasturchilar jamoasining ma’lum qilishicha, ular buning ustida ishlashmoqda, ammo boshqa ko‘plab messenjerlarda mavjud bo‘lgan shu funksiya hozircha bu ilovada yo‘q.
  2. Agarda guruhli chatning ma’muri (administratori) bo‘lmasangiz, unga yangi suhbatdosh qo‘sha olmaysiz.
  3. Mazkur ilovada guruhlar bo‘yicha ajratish imkoni yo‘q. Ya’ni, unda o‘z kontaktlaringizni, deylik, «ishxonadagilar», «do‘stlarim» va «qarindoshlar» kabi guruhlay olmaysiz.

O‘QING: Xushxabar: Telegram’da kanallarni guruhlashtirish mumkin bo‘ladi

  1. O‘chirib yuborilgan akkauntni qayta tiklashning iloji yo‘q. Agarda siz biror guruhning ma’muri bo‘lsangiz, lekin akkauntingizni o‘chirgan bo‘lsangiz, so‘ngra qaytadan o‘sha raqamingizda akkaunt ochsangiz ham, o‘sha ma’murlik huquqingizni qaytarib ololmaysiz. Qaytadan boshqa guruh ochishingizga to‘g‘ri keladi.
  2. Agarda spam tarqatganlik uchun akkauntingiz vaqtinchalik blokirovkaga tushib qolgan bo‘lsa, bloklanish muddatini qisqartirishning iloji yo‘q.
  3. Yaratilgan stiker-pak nomini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, agarda o‘zingiz stikerlar to‘plami yaratishni niyat qilsangiz, uni qanday nomlash haqida boshidanoq jiddiy o‘ylab ko‘rganingiz ma’qul.

O‘QING: iOS Stickers dasturi orqali Telegram uchun stikerlar qanday yaratiladi?

  1. Telegram’da guruhli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi mavjud emas.
  2. Agarda o‘z akkauntingizga yuzerneym (nik) belgilab qo‘ygan bo‘lsangiz, uni qidiruvdan yashirib bo‘lmaydi. «Foydalanuvchi ismi» («Imya polzovatelya») bandi orqali o‘z akkauntingizga nik olgach, shu yuzerneym bo‘yicha sizni topish mumkin.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!