Telegram qanday rusifikatsiya qilinadi?

Telegram qanday rusifikatsiya qilinadi?

Ma’lumki, O‘zbekistonda va dunyoning yana bir nechta mamlakatlarida Telegram eng ommabop messenjer hisoblanadi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, messenjerning menyu tillarida rus tili mavjud emas. Albatta, yaratuvchilari rus millatiga mansub bo‘lgan servisda mazkur tilning yo‘qligi biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo Pavel Durov bunga quyidagicha izoh bergan: “Telegram uchun rus tili muhim emas. Rus tilidagi servisdan foydalanadiganlar uchun ajoyib VKontakte xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Biz ushbu messenjerni xorij internet bozorlarini egallash uchun ishlab chiqqanmiz. Hech qanday reklamalarsiz bir kunda Telegram’ga 400 mingdan ortiq chet ellik foydalanuvchilarning qo‘shilishi, dunyoni Kaliforniyada yashamasdan ham egallash mumkinligini isbotlaydi”.

Telegram multifunsional messenjer, buni o‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz. Kelgusida servisga yana ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ham qo‘shilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Hozircha esa, keling, Telegram menyusiga rus tilini qo‘shishni o‘rganamiz.

Telegram’ga rus tilini qo‘shish uchun maxsus botga so‘rov yuboriladi. Shundan keyin bot ekranida jo‘natilgan XML faylni yuklab olamiz, o‘ng tarafda joylashgan vertikal uch nuqtaga bosib, “apply localization file” menyusini tanlaymiz. Nihoyat, ro‘yxatdagi tillardan rus tilini tanlaymiz. Bo‘ldi. Endi Telegram menyusi telefoningizda rus tilida aks ettiriladi.

IMG_2016-09-30-211303-360x640   IMG_2016-09-30-211312-360x640

Albatta, mazkur funksiya rus tilidagi interfeysdan foydalanadigan odamlarga juda qulay hisoblanadi.

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!