Terabayt ilovasining Android versiyasi yangilandi

Terabayt ilovasining Android versiyasi yangilandi

Hurmatli saytimiz muxlislari!

Sizlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bir muddat ilgari Terabayt ilovasining Android versiyasini yaratgan edik. Kuni kecha mazkur ilovaning yangi versiyasini chiqardik.

Yangi versiyada xabarlarni ko‘rsatishdagi kamchiliklar to‘g‘rilandi, ilovada o‘qilgan xabarlarni belgilash va ilovani ulashish imkoniyati qo‘shildi. Shu bilan birga internet trafikni tejash maqsadida rasmlar hajmini 10-20%gacha qisqartirish funksiyasi yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, avvalgi versiyadagi yangiliklarni oflayn rejimda o‘qish, rasm sifatini tanlash, Wi-Fi va mobil tarmoq orqali rasmlarni yuklash opsiyasi, rasmlarni keshlash va push-xabarnomalar funksiyalari yanada optimallashtirildi.

Ilovaning Android versiyasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!