Terabayt.uz tavsiya etadi: dasturlashni o‘rganing va porloq kelajak sari qadam tashlang!

  •   DiMaX
  •  3286
  •  30.05.2017 10:59

Terabayt.uz tavsiya etadi: dasturlashni o‘rganing va porloq kelajak sari qadam tashlang!

Eng serdaromad sohalardan biri

Forbes nashrining ma’lumot berishicha, jahon mehnat bozorida axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Jumladan, bu yo‘nalishdagi loyiha menejerlariga bugun yiliga $121,000 dollargacha mablag‘ to‘lanmoqda. Dasturiy ta’minot injeneri $109,000, tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassisi yiliga $137,000 dollargacha mablag‘ ishlab topmoqda.

Axborot texnologiyalarining biznes va yirik ishlab chiqarish sanoatida joriy qilinishi, kiber xurujlarning hajmi va ko‘lami oshib borishi esa bilimga boy mutaxassislarga kasbiy muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi ishlar dunyo bo‘ylab eng yuqori haq to‘lanuvchi ishlar qatoriga kiradi.

Shuningdek, mobil ilovalar yaratish – nafaqat ajoyib kasb, balki serdaromad biznes hamdir. 2016 yili mobil ilovalar bozori 50,9 milliard AQSh dollariga baholangan bo‘lsa, «AppAnnie» kompaniyasining kuzatishlari natijalariga ko‘ra, 2020 yilga borib bu ko‘rsatkich 100 milliardga yetishi mumkin. To‘g‘ri, turli marketologlar bu borada har xil raqam aytishadi, ammo baribir mobil bozor kengayib bormoqda.

Istagan kishi o‘rgana oladi

Odatda, dasturchilar bizning ko‘zimizga salkam dahodek ko‘rinadi. Ularga havas qilamiz, ammo o‘zimiz ham ular kabi bo‘la olishimizga ko‘zimiz yetmaydi.

Shunisi ham borki, muvaffaqiyatli dasturchilar ham sizu biz singari odam va ular ham yuksak cho‘qqilar sari yo‘lni quyi pog‘onadan boshlashgan. Mana, quyidagi videolavha orqali bunga yana bir karra amin bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘ryapsizki, dasturchi bo‘lishga qiziquvchi istagan kishi bunga ixlos bilan kirishsa, o‘rgana oladi. Xususan, yoshlar uchun bu sohaga kirishish ancha oson kechadi.

Necha yoshda ekanligingiz, faoliyat sohangizdan qat’i nazar, siz ham dasturlashni o‘rganishingiz mumkin. Buning uchun oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishga ham hojat yo‘q – dasturchilik asoslarini o‘rgatuvchi maxsus kurslarda ta’lim olish imkoni ham bor.

O‘zbekistonda dasturlash texnologiyalaridan foydalanish darajasi qanday?

Hozir kunda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida avtomatlashtirish jarayoni jadal ketmoqda. Bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, katta mablag‘lar hisobiga davlat organlari axborot tizimlari avtomatlashmoqda. Buning hisobiga xalqimizni uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘lib, yumushlari tez hal etilmoqda. Hodimlar uchun ham ko‘plab qulayliklar yaratilib, tahliliy hisobotlarni tuzish ham ancha oson kechmoqda. Bu tizimlarni avtomatlashtirish uchun yuqori darajali dasturchilarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Avtomatlashtirish jarayonlarida mavjud muammolarni tez hal qilish va uni yangilash, almashtirish uchun web-texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.

Lekin, afsuski, bizning hududda onlayn servislar yaxshi rivojlanmagan. Chet elda ishlatilayotgan onlayn servislarning muqobil variantlari ham ma’lum bir muddat ishlab, so‘ng to‘xtab qoladi. Shu sababli Markaziy Osiyo hududida onlayn servislarni rivojlantirish kerak, bunga ehtiyoj yuqori.

Shuningdek, erkin ishlovchi dasturchilar – frilanserlar tarmog‘ida ham o‘zbekistonlik dasturchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Vaholanki, yurtimiz yoshlarining aqliy salohiyati yuqori darajada. Agarda frilanserlar tarmog‘ida dasturchilarimiz ko‘pchilikni tashkil qilsa, bu dasturchilarimizga ham, davlatimizga ham katta foyda bo‘lar edi.

Professional o‘quv kursi

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda ham axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar yetishtirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, maxsus kurslar ham yo‘lga qo‘yilgani esa istagan kishiga mazkur soha bilimlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.

Shunday kurslardan biri – Personal Development Process (PDP) o‘quv markazi web-texnologiyalarni yuqori darajali, to‘liq hajmda o‘rgatish uchun to‘liq dasturlash (Web full stack development) kurslarini sizlarga taklif etadi. O‘quv markazi kurslarida qatnashib, siz dasturlash sohasidagi boshlang‘ich bilimlar olishdan boshlab, tayyor mutaxassis bo‘lib yetishishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘zlashtira olasiz.

Ushbu o‘quv kurslarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilardir:

  • Yuqorida darajadagi dasturchilarni kashf etish;
  • Davlat organlariga dasturchilarni tayyorlash va kurslarni yaxshi o‘zlashtirgan dasturchilarni tavsiya etish;
  • Kurslarni yaxshi o‘zlashtirgan dasturchilarni o‘z jamoasiga taklif qilish.

Hozirgi kunda dasturchilik sohasining o‘zida ham o‘rganish kerak bo‘lgan ilmlar juda ko‘p. Bularni qisqa vaqt ichida sifatli o‘rganish uchun esa Sizga yaxshi trener kerak bo‘ladi. PDP o‘quv kurslarida siz yangi formatda, yangicha ko‘rinishda bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. Darslar ofisda, dasturchilar uchun ajoyib bo‘lgan muhitda o‘tkaziladi.

Kurslarga a’zo bo‘lish uchun quyidagi bog‘lanish ma’lumotlaridan foydalanishingiz mumkin:

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @pdp_uz

Pochta: [email protected]

Facebook: fb.me/pdp.uz

Tajribali o‘qituvchi – yaxshi tahsil garovi

Personal Development Process o‘quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha tajribali mutaxassis – Odilbek Mirzayev dars o‘tadi.

O. Mirzayev Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Axborot xavfsizligi yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, 2012 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy markazida Bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritib keladi. Bundan tashqari, o‘rindoshlik asosida 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasida, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida ham ishlagan.

U shu kungacha o‘z faoliyati davomida quyidagi loyihalarda bevosita ishtirok etgan:

  • Soliq deklaratsiyalarni qayta ishlash;
  • Tashqi manba dasturiy majmuasi;
  • Elektron raqamli imzolarni tarqatish dasturiy mahsuli;
  • Elektron raqamli imzolarni onlayn olish (e-imzo.uz);
  • Davlat xaridlari savdo tizimi (dxarid.uzex.uz) (2012-2015);
  • Bozorlar va savdo komplekslarini nazorat qilish (bozor.soliq.uz);
  • Idorlararo hujjat almashish tizimi (license.soliq.uz);
  • Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali (my.soliq.uz);
  • Korporativ xaridlari savdo tizimi (exarid.uzex.uz) (2012-2015);
  • Elektron hujjat aylanishi – Bosh prokuratura (hozir ishlar olib borilmoqda) va boshqa loyihalar.

Ko‘rinib turibdiki, PDP o‘quv kurslari o‘qituvchisi aynan O‘zbekistonda dasturiy ta’minot sohasida yetarlicha tajribaga ega. Demak, o‘zbekistonlik o‘rganuvchilar mazkur kursda yaxshi ta’lim olib, dasturlash asoslarini o‘rganishlari va yaxshi mutaxassis bo‘lib chiqishlari mumkin.

Kurslar davomiyligi qanday?

Dasturlashning to‘liq kursi 9 oyga mo‘ljallangan, darslar haftada uch marta – haftaning toq yoki juft kunlari, ikki yarim soatdan bo‘ladi.

Kurs ta’lim mazmunidan kelib chiqqan holda modul tizimiga asoslangan bo‘lib, yettita moduldan iborat:

Module 1. Frontend web development (Html, Css) & Logic, Algorithms

Mazkur birinchi modulda dasturlashga kirish uchun boshlang‘ich bilimlar beriladi. Dasturlash mantig‘i va algoritmlari tushuntiriladi. Web dasturlash asoslari hisoblangan Html, Css o‘rgatiladi. Bunda statik web-sahifa tayyorlashni o‘rganasiz.

Module 2. Advanced client-side web development (Bootstrap 3, Jquery, Jquery UI, Html 5, Css 3)

Ushbu ikkinchi modulda yuqori darajali frontend-developerga zarur bo‘lgan freymvorklar, texnologiyalar va tillarni o‘rganasiz. Hozirda eng ommabop bo‘lgan Bootstrap Framework, Jquery, Jquery UI bo‘yicha bilimlarni olasiz. Eng ko‘p ishlatiladigan plaginlarni, Datatable, Slider kabilarni ko‘rib chiqamiz.

Module 3. Java core basics

Uchinchi modulda dunyodagi dasturchilar eng ko‘p foydalanadigan Java tili asoslari o‘rgatiladi. Mazkur tilning asosiy sintaksisi – Basic Syntax, o‘zgaruvchilar turlari – Types, mavjud operatorlar – Operators bilan tanishasiz va ularni qo‘llashni o‘rganasiz.

Module 4. Java Advanced

To‘rtinchi modulda Java tili va texnologiyalari borasida mukammal bilimga ega bo‘lasiz. Java Arrays, Java Json, Overriding, Polymorphism va boshqalarni o‘zlashtirasiz.

Module 5. Database development (SQL, PostgreSql, Oracle,PL/SQL Tutorial)

Beshinchi modulda ma’lumolar bazasi tili va texnologiyalarini o‘zlashtirasiz. Sql queries, Package, Procedure, functions, synonyms kabilar o‘rgatiladi.

Module 6. Spring MVC, Java JSP, Java JPA, Java Servlet

Oltinchi modulda Java Back-end developer uchun eng kerakli bo‘lgan Spring freymvorkini o‘rganasiz. Spring MVC; Java JSP; Java JPA; Java Servlet bo‘yicha bilimlarni egallaysiz.

Module 7. Web Full Stack Development

Yettinchi modulda Siz o‘tilgan 6 ta modulda olgan bilimlarinigizni birlashtirib, Full Stack Developer bo‘lib yetishasiz.

Personal Development Process o‘quv markazida Web full stack development kurslari uchun narxlar bir oyga (12 ta dars uchun) 300 000 so‘m qilib belgilangan. To‘lov siz xohlagan usulda – naqd pulda yoki bank plastik kartasi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, qulaylik uchun to‘lovlarni Payme hamda Click tizimlari orqali qabul qilish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Qanday afzalliklari mavjud?

PDP o‘quv markazida tahsil olishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

Darslarning nazariy qismi inglizcha terminlar orqali o‘zbek tilida – sifatli, tushunarli va aniq tarzda olib boriladi. Shuningdek, infografika, taqdimot (prezentatsiya) va rasm qo‘llanmalar orqali tushuntiriladi.

Kurs o‘rganuvchilarining har biriga individual yondashiladi. Onlayn qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni, tushunmagan darslar onlayn tarzda tushuntirib beriladi.

O‘quv kurslarining amaliyot qismiga alohida e’tibor beriladi. Til va texnologiyalar hamisha amaliyot bilan o‘zlashtirib boriladi.

Modullarni yaxshi o‘zlashtirgan o‘rganuvchilarni qo‘shimcha loyihalarga jalb etish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bitiruvchilarga o‘quv kursi yakunida Sertifikat taqdim etiladi. Yaxshi natijalar ko‘rsatgan bitiruvchilar davlat idoralariga tavsiya qilinadi. Shuningdek, PDP o‘quv markazi jamoasiga qabul qilinishi, istiqbolli loyihalarga jalb etilishi ham mumkin.

Qayerga va qanday murojaat etamiz?

Personal Development Process o‘quv markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Langar ko‘chasi 68-A uyning 3-qavatidagi 315-xonada joylashgan.

Mo‘ljal: «Chorsu» va «Tinchlik» metro bekatlari oralig‘ida. «Florensia» to‘yxonasidan keyingi 4 qavatli, yashil oynali bino.

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi bog‘lanish ma’lumotlaridan foydalanishingiz mumkin:

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @pdp_uz

Pochta: [email protected]

Facebook: fb.me/pdp.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.