TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (4-qism)

TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s (4-qism)

Samsung Galaxy A21s smartfoni tavsifiga bag‘ishlangan maqolalarimiz davom etadi. Tavsifning boshqa qismlari bilan bu yerda tanishing.

Quyida smartfonning dasturiy ta’minoti va benchmark sinovlarida ko‘rsatgan natijalari bilan tanishamiz.

OneUI 2.1 va Android 10
Galaxy A21s Samsung'ning eng so‘nggidan oldingi dasturiy ta’mimoti kombinatsiyasi — Android 10 va OneUI 2.1 interfeysida ishlaydi. Koreyalik kompaniya bir qancha vaqtdan beri o‘zining interfeysini barcha smartfonlarda bir xil qilib ushlab turishga erishdi. Natijada, oldingi modellarni ishlatgan foydalanuvchilar yangi qurilmalarni ishlatishda qiyinchilikka duch kelmaydi.

Oddiylik va tartib borasida OneUI 2.1 interfeysi anchayin takomillashdi. Galaxy A21s'ning qulf ekrani va uy ekrani sodda, Google va Yandex qidiruv videjtlariga ega.

...

Agar smartfoningizni o‘zingizga moslashtirib olishni xohlasangiz, OneUI buning imkonini beradi. Ichki mavzular anchayin ko‘p. Bundan tashqari, internetdan pullik va bepul mavzularni ham yuklab olish imkoni mavjud. Dizaynning alohida jihatlari, masalan, ikonkalarni ham o‘zgartirish mumkin. Qulf ekrani fonini avtomatik ravishda o‘zgaradigan qilish imkoni ham bor.

...

A21s qimmatroq, AMOLED ekranga ega Galaxy'larda bor bir nechta xussiyatlarga ega emas. Masalan, qahramonimizda Edge ekrani va Edge yoritilishi yoki Doim yoniq ekran funksiyalari yo‘q.

Biroq, navigatsiya opsiyalari ancha keng. Qadoqdan Galaxy A21s hammaga tanish navigatsion tugmachalarda ishlaydi. Ishoraviy navigatsiya ham bor va ular orasidan yoki OneUI 2 to‘plamini, yoki OneUI 1 to‘plamini tanlashingiz mumkin bo‘ladi. OneUI 2'da yon tomonlarni surish bilan oldinga oynaga qaytasiz, ekranni tepaga tortish esa uy ekraniga olib boradi.

...

Qora rejim ham yangi qo‘shilgan funksiyalardan. Ushbu rejim yoqilishi bilan interfeys elementlari qora va kulrang tuslarga kiradi. Qo‘llab-quvvatlanuvchi ilovalar, jumladan, standart dasturlar va aksariyat Google ilovalari qora fonga o‘tadi. Bundan tashqari, kunning biror bir qismiga qarab oddiy yoki qora fon rejimlaridan birini avtomatik tarzda yoqiladigan qilib qo‘yishingiz mumkin.

...

Galaxy A21s biometrik ma’lumotlardan optik barmoq izi skaneri va faqat kameradan foydalaniladigan yuzni tanish funksiyalariga ega. Barmoq izi aniq o‘qiladi. Datchik o‘ta tez ishlaydi.

...

Aytib o‘tish kerakki, yuzni tanish funksiyasini ham tez ishlaydigan qilish mumkin, lekin bunda qurilmadagi ma’lumotlaringiz xavfsizligini qurbon qilishingizga to‘g‘ri keladi. Hatto, ko‘zingiz yumuq holatda ham smartfonni ochish mumkin.

...

Microsoft kabi uchinchi tomon kompaniyalar bilan hamkorligi sabab Samsung o‘z qurilmalariga oldindan MS Office dasturlarini o‘rnatib qo‘ygan. Bu kimgadir yoqmasligi mumkin, lekin agar ushbu dasturlarni ishlatishni xohlamasangiz, ularni ishlashdan to‘xtatib qo‘ysangiz ham bo‘ladi (ammo o‘chira olmaysiz).

Ba’zilar uchun FM radio muhim. Xursand bo‘lavering, Galaxy A21s'ga FM ilovasi ham o‘rnatilgan.

Agar o‘yin o‘ynayotganingizda qurilma samaradorligini oshirmoqchi bo‘lsangiz, O‘yin launcheri va O‘yin tezlashtirgich kabi optimallashtiruvchi uskunalar ham bor.

Samaradorlik va benchmark sinovlari
Galaxy A21s'ga Samsung o‘zi ishlab chiqargan Exynos 850 chipi qo‘yilgan. Chip sakkizta Cortex-A55 yadrosiga ega. Barcha yadrolar 2.0GHz chastotada ishlaydi.

Chipning grafik protsessori esa o‘rtacha darajadagi Mali-G52 MP1 protsessoridir. Qurilma uch turli xotira konfiguratsiyasiga ega: 3GB operativ xotira + 32GB doimiy xotira, 4GB RAM+ 64GB doimiy xotira va 6GB RAM + 64GB doimiy xotira. Agar xotira sig‘imini kengaytirish kerak bo‘lsa, microSD karta uyasi ham bor.

Avval GeekBench sinovini o‘tkazdik. Qahramonimiz hammadan eng oxirgi o‘rinda va bundan hayron qolmasa ham bo‘ladi. Galaxy A21s biror bir kuchli yadroga (masalan, Cortex-A7x) ega emas. Cortex-A55 CPU'lar ro‘yxatida oxiridan birinchi bo‘ldi.

Grafik protsessori — Mali-G52 esa bitta yadroga ega. Bu esa ekran rezolyutsiyasi 720p dan pastroq bo‘lgan smartfonga yetadi. GPU'ning ishlashi ham mukammaldan yiroq, ammo byudjet smartfon uchun qabul qilsa bo‘ladigan darajada.

AnTuTu testi ham Galaxy A21s'ni eng so‘nggi o‘ringa loyiq ko‘rdi. Asosiy protsessor past ball yig‘di. Bu natija grafikalar, xotira va interfeys borasidagi o‘rtacha samaradorlik bilan qo‘shilganda, anchayin past umumiy ball hosil bo‘ldi.

Galaxy A21s'ning eng zaif nuqtasi uning kuchsiz protsessoridir. Hozirda sakkiz yadroli CPU'lar standart bo‘lsa ham, aksariyat boshqa qurilmalarda kamida ikkita kuchli yadro, masalan, Cortex-A57 bo‘ladi. Uy ekrani va ilovalaringizni kontent bilan to‘ldirishingiz bilan smartfon sekin ishlay boshlaydi.

Mali-G52 GPU'si byudjet model uchun yetarli darajada ishlaydi. O‘yin o‘ynash amaliyotingiz silliq kechmaydi, lekin hamyonbop modeldan boshqa nima ham kutish mumkin!? Yengil o‘yinlar esa oson
o‘ynaladi.

Xullasi kalom, samaradorlik borasida A21s raqiblaridan quyi pog‘onada turadi. Protsessori qurilmani «cho‘loq qilib turadi». To‘g‘ri, biz hozir hamyonbop model haqida gaplashyapmiz, lekin, ochig‘i, A21s'dan bundan yaxshiroq natija kutgan edik.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (4-qism)

Xulosa

8балл

Umumiy baho

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy (32GB) 1 943 000 сўм Sotib olish
Olcha (32GB) 1 948 000 сўм Sotib olish
Radius (32GB) 1 999 000 сўм Sotib olish
Openshop (32GB) 2 040 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Kichik tirqishli katta va keng ekran
  • Aʼlo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Eng soʻnggi Android va One UI
  • Toifasi uchun yuqori darajadagi tasvir va video sifati
  • NFC

 Kamchiligi

  • Protsessor samaradorligi inadekvat
  • Ekrandagi ranglar tiniq emas
  • Selfilar sifati talab darajasida emas
  • Biroz sekin quvvat oladi