TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (5-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (5-qism)

Xiaomi Mi Note 10 Lite'ga bag‘ishlangan tavsifimiz davom etadi. Mana, ko‘pchilik kutgan qism — kamera, tasvir va video sifati bo‘limiga ham keldik.

Eslatib o‘tamiz, TeraTavsifimizning boshqa qismlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin.

«Yengilroq» smartfonda yengilroq kamera
Mi Note 10 lite'ga Mi Note 10'dagi kameralarning yengilroq talqini o‘rnatilgan. Note 10'dagi 108 megapiksellik kameradan voz kechilgan, har ikki telefoto kamera olib tashlangan, ultrakeng burchakli linza rezolyutsiyasi esa kamaytirilgan va ushbu linza avtofokus xususiyatidan mahrum qilingan.

Qahramonimizning asosiy kamerasi ommabop 64 megapiksellik Quad Bayer sensorini ishlatadi. Bu datchik 1/1.7" kattalikda bo‘lib, 0.8µm hajmli piksellarga ega va kamerada olingan tasvirlar standart bo‘yicha 16MP rezolyutsiyada chiqadi. Asosiy kamera 26 mm ekvivalentdagi fokus uzunligi va f/1.9 aperturaga ega. Mi Note 10'dagidan farqli, Lite'ning asosiy «ko‘z»i stabilizatsiyalanmagan.

Ultrakeng burchakli kamera esa f/2.2 aperturali 8MP ob’yektivga ega. Fokus uzunligi esa ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilmagan.
Portretlarda sathni o‘lchash uchun telefoto kamera yo‘q. Uning o‘rniga 5MP lik modul qo‘yilgan. Yaqindagi ob’yektlar tasvirini hosil qilish uchun esa 2MP lik makro kamera bor. Shunday qilib, orqa paneldagi kameralar soni 4 ta.

Selfilar olish uchun bizning smartfon 16MP rezolyutsiyadagi kameradan foydalanadi. Ekran tirqishi ichiga o‘rnatilgan linza f/2.5 aperturaga ega. Avtofokus mavjud emas.

Kameralar soni va texnik jihatlaridagi farqqa qaramasdan, Kamera ilovasi boshqa Xiaomi smartfonlaridagi bilan bir xil. Bir rejimdan boshqasiga o‘tish uchun yon tomonga surasiz, ammo har bir rejimga o‘tish uchun alohida-alohida svayp qilishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, Foto rejimidan Tungi rejimga o‘tish uchun bir marta uzun svayp qilib bo‘lmaydi — uchta qisqa svayp talab qilinadi. Ekranda ko‘rinib turgan rejimlar nomi ustiga bosish bilan ham o‘sha rejimni faollashtirsangiz bo‘ladi. Ekranni tepaga va pastga surish bilan old/orqa kameralardan birini yoqish mumkin emas, buning uchun faqatgina rasmga olish tugmasi yonidagi maxsus ikonkani chertish talab qilinadi.

Yuqori tomonda fonar funksiyalari, HDR va sun’iy intellekt tugmasi bor. Makro rejimi va go‘zallik effektlari, filtrlar uchun sehrli tayoqcha ikonkasini ham shu yerdan topasiz. Gamburger menyusida esa kameraning barcha parametrlari joylashgan.

Smartfonda Pro rejimi bor. Ushbu rejim yoqilganda ham asosiy, ham ultrakeng, ham makro kameralardan foydalansangiz bo‘ladi.

Kamera ilovasi

Tavsir sifati
Qahramonimizda kun yorug‘ida olingan rasmlar anchayin yaxshi sifatli chiqadi. Tasvirlar detalga boy, xiralik darajasi esa kam. Ranglar haqiqiy hayotdagi kabi aks etadi, dinamik diapozon esa ancha keng.

...

Agar olmoqchi bo‘lgan rasmlaringiz kontrastli va jilovdor chiqishini xohlasangiz, AI (sun’iy ong) rejimini yoqish bilan bunga erishishsangiz bo‘ladi. Ammo, bizningcha, bu rejim bilan olingan tasvirlar o‘ta to‘yingan chiqadi, kuchaytirilgan kontrast esa detallarni kamaytiradi.

...

Asosiy kamera nominal rezolyutsiyasida ham rasmlar hosil qila oladi. Agar yaxshi darajada yorug‘lik tushib turgan bo‘lsa, 64MP lik rejim bilan ham anchayin detallga to‘la rasmlar olsangiz bo‘ladi. Biroq bu rejimda dinamik diapozon qisqarib yoki umuman yo‘q bo‘lib ketadi, tasvirning xiralik darajasi ham 16MP rasmlardagidan ko‘ra yuqori bo‘ladi.

...
Mi Note 10 Lite telefoto kameraga ega emasdir, lekin 2x zum funksiyasi bor.
...

Mi Note 10 Lite'ning ultrakeng burchakli kamerasi 8 megapiksel rezolyutsiyaga ega. Ushbu kamerada olingan tasvirlarda detallar talab darajasida, ranglar esa asosiy kameradagidan ko‘ra biroz iliqroq. Dinamik diapozon unchalik zo‘r emas, lekin smartfon toifasi uchun yetarlicha keng.

...

Qahramonimiz past yorug‘likda olgan rasmlar sifati bizni qoyil qoldirmadi. Asosiy kamerada olingan rasmlar tiniq emas. Biroq ranglar yaxshi aks ettirilgan, dinamik diapozon esa qurilma toifasiga mos.

...
Tungi rejim yoqilishi bilan esa tasvir sifati ham oshadi, detallar ko‘payadi.

Ultrakeng burchakli kamera ham qorong‘i sharoitda muammolarga duch keladi. Bu kamera uchun Tungi rejim mavjud emas, afsuski.  

Portret rejimi
Qahramonimizda portret rejimi ancha yaxshi ishlaydi. Sub’yektni fondan ajratib olish a’lo darajada. Teriga berilgan tuslar chiroyli, yuqori kontrastli manzaralar uchun HDR ham mavjud.

...
Bu rejim ob’yektlar bilan ham yaxshi ishlaydi.
...

Makro kamerada olingan tasvirlar
Smartfonimizdagi makro kamera avtofokus xususiyatiga ega. Bu esa tasvirga tushirayotgan ob’yektingizga nisbatan ma’lum bir belgilangan masofada turishingiz shart emas, deganidir. Ammo kamera rezolyutsiyasi 2MP bo‘lgani uchun tasvirlar ko‘p ham detallga boy emas. Dinamik diapozon chegaralangan va rasmlarda yashil rangga og‘ish kuzatiladi.

...

Selfilar
Mi Note 10 Lite'da olingan selfilar anchayin yaxshi. Detallar talab darajasida, lekin ranglar unchalik yorqin emas. Dinamik diapozon va ekspozitsiya esa qoyilmaqom.

...

Selfi kamerada olingan portretlarda sub’yektni fondan ajratish yaxshi ishlaydi.

Video yozuv
Qahramonimiz asosiy kamerasi bilan 4K formatda soniyasiga 30 ta kadr yozish imkoniga ega. Ultrakeng kamera esa 1080p kattalikdagi 30 kadr/sek. lik videolar hosil qiladi.
Asosiy kamera yuqori sifatli video yozib oladi. 4K videolar detallga boy va tabiiy ko‘rinadi. Kontrast yuqori, ranglar bilan esa muammo mavjud emas.
O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (5-qism)

Xulosa

NOTEBOOKCHECK

8.8балл

Xiaomi Mi Note 10 Lite yuqori toifaga mansub «aka»si Mi Note 10 bilan deyarli bir xil darajada kuchli va bir xil texnik jihatlarga egaligi bois qurilma nomidagi «Lite» so‘zi foydalanuvchiga smartfon haqida ma'lumot berishdan ko‘ra ko‘proq chalg‘itadi. Xiaomi faqatgina kamera moduliga o‘zgartirishlar kiritgan, biroq 108MP o‘rniga qo‘yilgan 64MP kamera ham maqtovga loyiq. Mi Note 10 Lite anchayin arzon; bu borada «Lite» jumlasi smartfonga mos keladi. Xiaomi Mi Note 10 Lite yuqori toifaga mansub «aka»si Mi Note 10 bilan deyarli bir xil darajada kuchli va bir xil texnik jihatlarga egaligi bois qurilma nomidagi «Lite» so‘zi foydalanuvchiga smartfon haqida ma'lumot berishdan ko‘ra ko‘proq chalg‘itadi. Xiaomi faqatgina kamera moduliga o‘zgartirishlar kiritgan, biroq 108MP o‘rniga qo‘yilgan 64MP kamera ham maqtovga loyiq. Mi Note 10 Lite anchayin arzon; bu borada «Lite» jumlasi smartfonga mos keladi.

DIZAYN

DISPLEY

KAMERA

FUNKSIYAVIYLIK

FOYDALANISHGA QULAYLIGI

ALOQA

SAMARADORLIK

AKKUMULYATOR

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy 3 150 000 сўм Sotib olish
Radius 3 380 000 сўм Sotib olish
Mediapark 3 485 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Katta va yorug‘ AMOLED ekran
  • HDR10
  • A'lo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Tezkor quvvatlash
  • Yaxshi yorug‘likda sifatli tasvirlar
  • A'lo darajadagi video stabilizatsiyasi
  • Foydalanishga qulay MIUI interfeysi
  • Apdeytlarning tez-tez kelishi
  • 3.5 mm audio jek
  • FM radio
  • Infraqizil blaster

 Kamchiligi

  • Telefoto kamera mavjud emas
  • Past yorug‘likda kamera sifati ko‘ngildagidek emas
  • Selfilar sifati a'lo darajada emas
  • microSD karta sloti yo‘q
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.