TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (6-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (6-qism)

Xiaomi Redmi Note 9 Pro smartfoniga bag‘ishlangan tavsifimizning yakunlovchi qismiga ham yetib keldik.

Tavsifimizning avvalgi qismlarini o‘qish uchun bu yerga bosing.

Xulosa
Redmi Note 9 Pro taqdim qilinganida 269 yevro narxga ega edi. Bu anchayin hamyonbop narx. Qurilma o‘rta toifa modellarga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi va hattoki sub-flagman modellarda mavjud ba’zi xususiyatlarga ham ega. Smartfon yuqori rezolyusiyali kinomatografik ekran, eng kuchli o‘rta toifa chip, anchayin sifatli kamera, quvvati uzoqqa yetadigan akkumulyator va tezkor quvvatlash funksiyasiga ega.

Redmi Note 9 Pro o‘tgan yilgi Redmi Note 8 Pro'ning anchayin yangilangan keyingi avlodi. Qahramonimiz, shuningdek, o‘zining Pro bo‘lmagan talqiniga nisbatan ham anchayin afzalliklarga ega — sifatliroq ekran, yangi chip va yuqori rezolyusiyali asosiy kamera shular jumlasidan.

Demak, hech ikkilanmay Note 9 Pro o‘tgan yilgi modeldan va Note 9'dan anchayin ustun qurilma bo‘lib chiqdi, deb ayta olamiz.

Muqobillar
Xiaomi o‘zining Redmi Note 9 modellari nomlanishida mijozlarni juda chalg‘itib yubordi. Biz hozir tavsifini yozayotgan smartfonimiz — Redmi Note 9 Pro, deb nomlanadi. Ammo ayni qurilma Hindistonda Redmi Note 9 Pro Max nomi bilan sotuvga chiqarilgan. Redmi Note 9 Pro Redmi Note 9S'ning yangilangan versiyasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Ammo Redmi Note 9S Hindiston bozorida Redmi Note 9 Pro, deb sotuvga chiqqan. Bundan chiqdi, ikkita mintaqada sotuvga chiqqan ikkita turli smartfon bir xil nomga ega. Kishini chalg‘itadi bu, shunday emasmi? Keling, quyida to‘rtala modellarning rasmini taqqoslaymiz:

...

Eslatib o‘tamiz, biz hozir Global Redmi Note 9 Pro'ni tavsiflamoqdamiz. Keling, endi raqobatdosh boshqa modellar bilan qahramonimizni taqqoslab ko‘ramiz. Avvalambor, Redmi Note'lar bilan solishtirib ko‘ramiz. Agar siz uchun Redmi Note 9 Pro smartfoni hajman katta yoki qimmat bo‘lsa, 200 yevrolik Redmi Note 9 muqobil bo‘lib xizmat qila oladi. Bu smartfonning ekrani nisbatan kichik, chipi ham quyiroq toifaga mansub, lekin boshqa jihatlardan Pro model bilan deyarli o‘xshash.

Redmi Note 9 va Redmi Note 9 Pro

Samsung Galaxy M31 ham Redmi Note 9 Pro bilan bir xil narx toifasiga mansub. Ushbu devays o‘zining Super AMOLED displeyi va 6,000 mAs lik akkumulyatori bilan kishini lol qoldiradi, ammo samaradorlik borasida Redmi'dan ortda qoladi.

Huawei P40 Lite Redmi modelidan taxminan 40 yevro kamroq narxga ega. Bu model nafaqat chiroyli dizaynga, balki kun-u tun qoyilmaqom rasmlar olish imkoniga ham ega. Chipi ham hozirda mavjud eng kuchli o‘rta toifa chiplaridan. O‘yin o‘ynash amaliyoti Lite modelida a’lo darajada bo‘ladi, lekin smartfonda Google xizmatlari paketi yo‘q ekanini unutmaslik kerak.

Va nihoyat, realme 6 Xiaomi'ga haqiqiy raqib bo‘la oladigan smartfondir. realme’ning hozirdagi eng ommabop smartfonlaridan bo‘lgan bu model Redmi Note 9 Pro'dan 40 yevro atrofida arzon, lekin ekranining yangilanish chastotasi yuqoriroq, realme UI interfeysi esa MIUI'dan qulayroq. Chipi esa Redmi'niki bilan bir xil. realme 6 va Redmi Note 9 Pro bir-biriga haqiqiy raqib.

...

Yakuniy baho

Redmi Note 9 Pro zo‘r smartfon. Arzon narxiga nisbatan sizga yaratadigan qulayliklari ko‘proq. Uni xarid qilgan mijozning hafsalasi pir bo‘lmaydi. realme o‘zining 90Hz yangilanish chastotasiga ega ekrani bilan maqtanishi mumkin, ammo Redmi bunga qarshi shisha dizayni va katta sig‘imli akkumulyatori bilan zarba bera oladi. Bundan tashqari, MIUI interfeysida ishlashi ko‘pchilkka manzur kelishi mumkin.

Oldindagi bir necha oy davomida Redmi Note 9 Pro eng qaynoq takliflardan bo‘lib qoladi. Agar smartfon olmoqchi bo‘lsangiz va bu qurilmani cho‘ntagingiz ko‘tarsa, Redmi Note 9 Pro'ni olishni tavsiya qilamiz.

Afzalliklari:
> Gorilla Glass 5'ga ega chiroyli korpus, suv sachrashidan himoya;
> Katta va yorqin LCD ekrani, HDR10;
> Yuqori darajadagi akkumulyator avtonomligi, tezkor quvvatlash;
> Toifasi doirasida maksimal samaradorlik;
> Toifasi doirasida yaxshi foto va video sifati;
> Eng so‘nggi Android va MIUI;
> NFC.
Kamchiliklari:
> Arzonroq narx uchun realme 90Hz displeyli smartfon taklif qiladi;
> Selfi kamera tirqishi atrofidagi ekran yorug‘ligi bir tekis emas.

O‘QING: Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz

Xulosa

9.2балл

Дисплей

Аккумулятор

Камера

Самарадорлик

Нарх

Qaerdan sotib olish mumkin?

Radius 2 447 000 сўм (64GB) Sotib olish
Mediapark 2 421 000 сўм (64GB) Sotib olish
Olcha 2 686 000 сўм (64GB) Sotib olish
Asaxiy 2 499 000 сўм Sotib olish
Openshop 3 705 000 сўм (64GB; 6 ойга бўлиб тўлаш) Sotib olish

 Afzalligi

  • Gorilla Glass'га эга чиройли корпус
  • Сув сачрашидан ҳимоя
  • Катта ва ёрқин LCD экран
  • HDR10
  • Юқори даражадаги аккумулятор автономлиги
  • Тезкор қувватлас
  • Тоифаси доирасида максимал самарадорлик
  • Тоифаси доирасида яхши фото ва видео сифати
  • Энг сўнгги Android ва MIUI
  • NFC

 Kamchiligi

  • Арзонроқ нарх учун realme 90Hz дисплейли смартфон таклиф қилади
  • Селфи камера тирқиши атрофидаги экран ёруғлиги бир текис эмас
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!