Tesla cherepitsa ko‘rinishidagi quyosh batareyalarini namoyish qildi

Tesla cherepitsa ko‘rinishidagi quyosh batareyalarini namoyish qildi

AQShning Tesla kompaniyasi kecha oddiy cherepitsa ko‘rinishiga ega bo‘lgan yangi shakldagi quyosh batareyalarini namoyish etdi. Batareyalar uyning dizayniga bag‘oyatda mos tushadi.

Tesla mazkur quyosh batareyalarining suratlarini bir nechta haftadan beri tarmoqda e’lon qilib kelayotgan edi. Endilikda mazkur cherepitsa ko‘rinishidagi quyosh batareyalarini bir necha xil variantda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Engadget saytining yozishicha, yangi shakldagi batareyalar an’anaviy quyosh batareyalariga nisbatan bir muncha ishonchli va mustahkam, kvarsdan yasalganligi bois turli zarbalarga ham barqaror.

image-1

Ilon Maskning ta’kidlashicha, mazkur loyihaning maqsadi bir vaqtda ham energiya to‘plovchi, ham uyning dizayniga mos keluvchi mahsulot yaratishdan iborat bo‘lgan.

Taqdimotda, shu bilan bir qatorda, yangi avlod Powerwall 2 energiya to‘plovchi panellar ham ko‘rsatildi. Ushbu akkumulyator quyoshdan zaryadlanadi, narxi 5,500 dollarni tashkil qiladi.

1028_tesla-5

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla Yaponiyaning Panasonic firmasi bilan hamkorlikda quyosh batareyalarini chiqarishni rejalashtirgani haqida ma’lum qilgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.