Tesla egasi cho‘lda uyali tarmoq yo‘qligi sabab avtomobilni o‘t oldirolmadi

Tesla egasi cho‘lda uyali tarmoq yo‘qligi sabab avtomobilni o‘t oldirolmadi

Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida yashaydigan tadbirkor Rayn Negri cho‘lda uyali tarmoq yo‘qligi sabab o‘ziga tegishli Tesla mashinasini o‘t oldirolmadi. Mashable nashrining xabar qilishicha, voqea Negri rafiqasi bilan Las-Vegasdan Nevada shtatida joylashgan Moxave cho‘lidagi Red Rok Konon qo‘riqxonasiga ketayotganda sodir bo‘lgan.

Negri, odatda, elektrokarni Tesla mobil ilovasi orqali o‘t oldirgani bois, avtomobil kalitini uyda qoldirgan. Shahardan taxminan 10 km masofa yurgach, Negri va rafiqasi qichqa tanaffus uchun avtomobildan chiqadilar. Shundan keyin uyali tarmoq qoplami yo‘qligi tufayli elektrokarni qayta o‘t oldirishning imkoni bo‘lmaydi. Negrining rafiqasi 3 km yurib, uyali tarmoqni topgach, yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib, ulov kalitini olib kelishni so‘ragan.

Ha, texnologiyalar hayotimizni shu qadar yengillashtirib yuborishi mumkinki, natijada oddiy narsalarni o‘zimiz bilan olib yurishni ham unutib qo‘yishimiz hech gap emas ekan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.