Texnologiya kompaniyalarining 1 aprel hazillari

Texnologiya kompaniyalarining 1 aprel hazillari

1 aprel butun dunyoda hazil-mutoyiba kuni sanaladi. Bunday o‘ziga xos imkoniyatdan, albatta, texnologiya dunyosi vakillari ham unumli foydalanib, o‘z foydalanuvchilari va xaridorlari ko‘nglini ko‘tarishga harakat qiladi. Hi-Tech Mail.Ru sayti 2016 yilgi ana shunday o‘ziga xos hajviy “chiqishlar”ni to‘pladi.

Jozibali Mail.Ru

Mail.Ru ning asosiy sahifasiga kirgan foydalanuvchining kayfiyati ko‘tarilgani aniq. Dasturchilar ular uchun ajoyib syurpriz tayyorlashdi. O‘z pochta manzilingizni kiritadigan chap tomondagi bo‘limning yuqorisida sizga teskari ravishda qarab turgan mushukchani toping va uni bosing. Shunda sizning sahifangiz ekranini ajoyib hayvonchalar tasviri bosib ketadi.

Samsung va supershimlar

Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining ajoyib gajeti haqida ma’lum qildi. G‘aroyib shimlarning o‘ziga xos funksiyalari mavjud:

  • Antiqa yirmoch. Bordiyu u kutilmagan yechilib ketsa, smartfoningizga bu haqida ma’lumot jo‘natiladi.
  • O‘tirish uchun joyni eslatish. Bundan maxsus sensorlar qo‘llanilgan. Shimdagi o‘ziga xos elektroshok zarbasi turishingizga ko‘maklashadi. 🙂
  • Eng asosiysi – «Muzlatgich yo‘q!» funksiyasi. Qorin kattalashib, shim sig‘may qolsa, superzamonaviy ARTIK chipi muzlatkichga eshigini yopib qo‘yish haqida signal yuboradi. 😉

Mo‘’jizaviy qo‘lqop

Samsung antiqa shimlar bilan cheklanmadi. Shuningdek, birinchi aprel kuni kompaniya egiluvchan ekranli, bir necha sensorli va keng ko‘lamda ishlatish mumkin bo‘lgan qo‘lqoplarni taqdim qildi. Unda qo‘ng‘iroqdan tortib, suyuqlikni aniqlashdek funksiyalar ham mavjud. Qo‘ng‘iroqni yakunlash uchun bir necha harakatlarni ko‘rsatish lozim va qurilma buni yaxshi eslab qoladi.

Cheburashkofon

Samsung kompaniyasi Kulgu kuniga obdon hozirlik ko‘rdi. Brend Samsung Galaxy S7 flagmenini cheburashka bilan uyg‘unlashtirdi.

Google arzonlashtirishga qaror qildi

Virtual voqelik – anchagina qimmat. Bunday qimmat matoxlarni olishga hammaning ham qurbi yetmasligi mumkin. Buni inobatga olgan kompaniya plastik va oddiy kartondan ishlangan ko‘zoynaklarni namoyish etdi. U juda tabiiy va oddiy ko‘rsatadi. Kompaniya bu yangi qurilma uchun o‘ziga 20 ochkodan yigirma ochko qo‘ydi.

Reper bilan video ko‘r!

YouTube videoxostingi foydalanuvchilariga yangi rejimda video tomosha qilish imkonini berdi. Dasturchilar taniqli reper Snup Dog ishtirokida 360 gradus seriyali rolik tayyorladi.

Endi siz eng mashhur videotasvirlarni reperning munosabatlari bilan ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun foydalanuvchining profilidagi ramzga teginishingiz kerak bo‘ladi.

Jeyson Stetxemning 33 obrazi

LG G5 flagmanening 1 aprelda namoyish qilingan reklama roligi barchani o‘ziga qaratdi. Mashhur aktyor Jeyson Stetxem deyarli barcha personajlarni o‘zi ijro etgan. Bir aktyor teatri, deyish mumkin.

Tech Mail.Ru sayti manbalari asosida tayyorlandi.