Texnologiyalar shaydolari uchun Yangi yil sovg‘alari

  •   DiMaX
  •  3999
  •  20.12.2017 11:48

Texnologiyalar shaydolari uchun Yangi yil sovg‘alari

Elektronika, gadjetlar va zamonaviy texnologiyalarga juda qiziqadigan biror yaqin kishingiz bormi? Unga Yangi yil bayrami, tug‘ilgan kuni yoki boshqa biror munosabat bilan sovg‘a tanlash borasida ikkilanyapsizmi?

Quyida shunday kishilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan bir nechta gadjetlar ro‘yxatini qisqacha tavsifi va narxi bilan keltirmoqdamiz. Orasidan tanlab, har biridagi havolasi orqali onlayn-do‘konga o‘tib, batafsil tanishgach xarid qilib, yaqinlaringizga hadya etishingiz yoki o‘zingiz foydalanishingiz mumkin.

Qani, ketdik...

Yakka platali mikrokompyuter

Kompyuter va zamonaviy texnologiyalarni yaxshi tushunadigan har qanday inson baquvvat protsessorga ega ixcham plataga ega bo‘lishni xohlaydi. Uni o‘zining texnologik maqsadlarida qo‘llasa bo‘ladi: o‘zi xohlaganidek «aqlli» uy tizimini ishlab chiqish; 24/7 rejimida ishlovchi kichik server yaratish; videokuzatuv tizimini tuzish yoki shunchaki, odatdagi kompyuterning beso‘naqay tizim blogi o‘rniga shu mikrokompyuterni televizorga ulash... Umuman olganda, sigareta qutisi hajmidagi kompyuter – har qanday «kompyuter jinnisi»ning orzusi bo‘lishi tabiiy! Bu borada eng yaxshi tanlov esa Raspberry Pi 2 B modeli hisoblanadi – eng baquvvati bo‘lmasa-da, eng qimmati ham emas. Ammo ancha universalligi bilan e’tiborga loyiq.

Raspberry Pi 2 B mikrokompyuterini 33.45 dollarga olasizmi?

Bluetooth-kolonka

Bunisi – sevimli musiqalaringizdan har yerda va har qanday sharoitda ham bahra olish uchun qulay bo‘lgan juda ommabop aksessuar. Kimgadir hadya etish yoki o‘zingiz ishlatish uchun olmoqchi bo‘lsangiz, sizga Xiaomi Square Box bluetooth-kolonkasini tavsiya etgan bo‘lar edik. Bu devays ham arzon, ham qulay, ham dizayni chiroyli – korpusidagi metall qismlari unga o‘zgacha ko‘rinish baxsh etgan. Ovoz balandligi yuqori, kuyni yaxshi yangratadi.

Xiaomi Square Box bluetooth-kolonkasini 25.70 dollarga olasizmi?

«Aqlli» kavshar uskunasi

Kompyuterga qiziqqan kishi borki, unga qo‘shimcha qismlarni ulash, ayrimlarini kuchliroqlariga almashtirish kabi ishlarga qo‘l uradi. Otvyortkalar to‘plamidan tashqari, bunday qiziquvchilarga kavsharlagich uskuna judayam zarur. Ayniqsa, hozirgi zamonda – elektronika jihozlarining aksariyat qismlari mustahkam qotirilmasligini inobatga olsak, bu jihozning ahamiyati ma’lum. Mikrosxemalar bilan ishlashda esa aniqlik, kavsharlash haroratini nazorat etish juda muhim. Shuning uchun ham «aqlli» kavsharlagich – TS100 modeliga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. O‘ta aniq sozlash uchun uni kompyuterga ulash mumkin. Ishlatish qulayligi, aniqligi, turli sozlamalari va aksessuarlari borligi sababli ham mazkur uskuna o‘z narxiga arziydi.

TS100 «aqlli» kavsharlagichini 80.63 dollarga olasizmi?

Arduino to‘plami

Robototexnika, dasturlash va «aqlli» uy tizimlariga qiziquvchilar uchun yana bir ajoyib sovg‘a. Shu mittigina plata yordamida ham son-sanoqsiz darajada qiziqarli loyihalar yaratish mumkin – «aqlli» qulfdan tortib radioboshqaruvli mashinachalargacha. Arduino hamda qo‘shimcha modullaru datchiklardan iborat to‘plam esa eng yaxshi sovg‘a bo‘la oladi.

Arduino to‘plamini 23.59 dollarga olasizmi?

Fitnes-treker

Taqiluvchi gadjetlar orasida eng tez ommalashib borayotganlaridan biri. Fitnes-bilaguzukning bevosita amaliy foydasi u qadar ko‘p emasdir balki, ammo u kishining o‘z sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor qaratishiga sababchi bo‘ladi – shuning o‘zi eng katta foyda emasmi? Eng yaxshi fitnes-trekerlardan biri esa, shubhasiz, Xiaomi Mi Band 1S bo‘ladi – mazkur bozorda ayni damda u yetakchi.

Xiaomi Mi Band 1S fitnes-trekerini 11.66 dollarga olasizmi?

«Aqlli» soat

Barcha gadjetlarimiz «aqlli» bo‘lib borayotgan bu zamonda, insoniyatning eng qadimiy hamrohlaridan biri – soat ham «aqlli»lashgani bejiz emas, albatta. Bu devayslarning turlari va vazifalari ko‘p. Ayrim modellari smartfon bilan bog‘lanadi va o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlaru xabarlarni vaks ettiradi, pleyerni boshqarishga ko‘maklashadi, budilnik vazifasini bajaradi... Bu borada Bluboo U Watch varianti juda yaxshi sovg‘a bo‘lishi mumkin.

Bluboo U Watch «aqlli» soatini 16.97 dollarga olasizmi?

Virtual borliq ko‘zoynagi

Ushbu qiziqarli gadjet yordamida muzeylarga virtual sayohat qilish, uch o‘lchamli (3D formatli) kino tomosha qilish, o‘yinlarning «ichiga kirib» o‘ynash mumkin. To‘g‘ri, to‘laqonli virtual borliq ko‘zoynagi «hammasi bittada» bo‘lib, narxi ham qimmat turadi. Biroq ularning yana bir turi bor – ularda ekran sifatida oddiy smartfoningizni qo‘llaysiz. Shulardan biri – Xiaozhai 1S modelini tavsiya etamiz.

Xiaozhai 1S virtual borliq ko‘zoynagini 12.54 dollarga olasizmi?

O‘QING: Yangi yil arafasida eng ommalashgan smartfonlar "Top-10"ligi!