«Teznet business» tarif rejalarida ham internet tezligi 50 foizgacha oshirilyapti!

  •   DiMaX
  •  2585
  •  31.07.2019 16:45

«Teznet business» tarif rejalarida ham internet tezligi 50 foizgacha oshirilyapti!

Uzonline internet-provayderi 2019 yil 1 avgustdan e’tiboran «Teznet business» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu xususda «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

 O‘QING: Yana ikkita tarif rejasida internet tezligi 150 foizga oshdi!

Ushbu seriyadagi barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda internetdan foydalanish tezligi 50% gacha oshiriladi.

Misol uchun, «Teznet business-1» tarif rejasida tezlik 3 Mbit/s.gacha oshiriladi, avval bu ko‘rsatkich 2 Mbit/s.ni tashkil etar edi. «Teznet business-2» TRda esa 4 Mbit/s.dan 6 Mbit/s.gacha va «Teznet business-7» TRda esa tezlik 40 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha oshiriladi.

«O‘zbektelekom» AK taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularning narxini pasaytirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yangi tariflarni taqdim etdi. Narxlar oshdimi yoki tushdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!