TOP-10: Bu yil Google'da eng ko‘p nima izlandi?

TOP-10: Bu yil Google'da eng ko‘p nima izlandi?

1. Hurricane Irma

Sentyabrda sodir bo‘lgan «Irma» Kuba va Karib havzasidagi boshqa orollarga, AQSh ning bir qator shtatlariga jiddiy zarar yetkazdi. 1,2 million kishi tabiiy ofatdan jabr ko‘rdi. Jumladan, Barbadosdagi qariyb barcha binolar vayron bo‘lgan, Puerto-Riko aholisi elektr ta’minotisiz qolgan. Britaniya Virgin orollari, Sen-Marten, Sen-Bartelemi, Sent-Kits va Nevisda ham qator vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi.

2. iPhone 8
Apple iPhone 8 4.7 dyuymli, LCD matritsali, 750x1334 pikselli ekranga, A11 Bionic chip, M11 motion video kartasiga, iOS 11 operatsion tizimi, 2 GB tezkor / 64 yoki 256 GB doimiy xotiraga, 12 megapikselli bosh va 7 megapikselli old kameraga, simsiz quvvat olish texnologiyasi, suv va changdan himoyalangan korpusga, 2150 mA soat tok sig‘imiga ega bo‘lgan.
"Malika"da 6,437,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

3. iPhone X
5.8 dyuymli, OLED matritsali, 2436 x 1125 pikselli ekranga, A11 Bionic chip, M11 video kartasiga, iOS 11 tizimi, 3 GB tezkor / 64 yoki 256 GB doimiy xotiraga, 2 ta 12 megapikselli bosh hamda 7 megapikselli old kameraga, simsiz quvvat olish texnologiyasi va Face ID skaneri, suv va changdan himoyalangan korpusga, : 2700 mA soat tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan.
"Malika"da 10,701,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

4. Matt Lauer
Mettyu «Mett» Todd Lauer — NBC telekanalidagi Today dasturining sobiq boshlovchisi. Lauer 1996 - 2017 yillarda teleyulduz sifatida tanilgan. 2017 yilda esa uni jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq mojarolar bois ishdan haydashgan.

5. Meghan Markle
Reychel Megan Markl — amerikalik aktrisa va fotomodel. U 2011 yildan boshlab suratga olib kelinayotgan «Fors-major» serialidagi Reychel Zeyn roli bilan tanilgan. 2017 yilning noyabrida Britaniya shahzodasi Garri bilan unashtiruv marosimidan so‘ng yanada mashhur bo‘lib ketdi.

6. 13 Reasons Why
Bu Amerikaning dramatik teleseriali bo‘lib, 2007 yilda yozilgan shu nomli roman asosida tasvirga olinadi. Bu serial Netflix tarmog‘i orqali internetda e’lon qilib kelinmoqda.

7. Tom Petty
Tómas (Tom) Érl Pétti 1950 yilning 20 oktyabrida AQSh du tug‘ilgan taniqli rok-qo‘shiqchisi, afsonaviy Traveling Wilburys guruhi asoschisi. 2017 yilning 2 oktyabrida vafot qilgach, u to‘g‘rida Google'ga ko‘plab so‘rovlar berilgan.

8. Fidget Spinner
2017 yilning mashhur ixtirolari qatoridan o‘rin olgan spinner 2017 yilda ham internetda ko‘p izlangan. Spinner, fidjet-spinner — dam olish uchun qiziqarli gadjet.

9. Chester Bennington
Chéster Chárlz Bénnington 1976 yilning 20 martida AQSh ning Arizona shtatida tavallud topgan taniqli rok-qo‘shiqchisi, Linkin Park va Dead by Sunrise guruhlari vokalchisi. U surunkali spirtli ichimliklar iste’mol qilishga ruju qo‘yib, 2017 yilning 20 iyulida vafot etgan.

10. India National Cricket Team
Kriket bo‘yicha Hindiston Respublikasining terma jamoasi, jahonning yetakchi kriket jamoalaridan biri.