TOP-10: Yurtimizda eng ko‘p izlangan smartfonlar, ularning narxlari

TOP-10: Yurtimizda eng ko‘p izlangan smartfonlar, ularning narxlari

«Yandeks» kompaniyasi matbuot xizmati o‘zbekistonliklarning 2017 yilning noyabr oyi oxiri—dekabr boshidagi mobil telefonlar haqidagi so‘rovlarini tahlil qilib chiqdi, deb yozadi «Mobinfo.uz». 

Qidiruv tizimi statistikasiga ko‘ra, yil oxirida O‘zbekiston aholisi «Yandeks»da eng ko‘p Samsung Galaxy S8 ni qidirgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonda 2017 yilda eng ko‘p sotilgan smartfon — Xiaomi Redmi 4X egalladi. Shuningdek, Janubiy Koreya kompaniyasining eskiroq modellari, xususan, Samsung Galaxy S7 ga hamda iPhone 7 ga bo‘lgan qiziqsh ham o‘sgan.

O‘zbekistonliklar «Yandeks»da eng ko‘p qidirgan smartfonlar o‘ntaligi bilan tanishing:

  1. Samsung Galaxy S8 -- 5 002 000 so‘m;
  2. Xiaomi Redmi 4X -- 1 049 600 so‘m;
  3. Samsung Galaxy S7 --  3 000 000 so‘m;
  4. iPhone 7 -- 4 920 000 so‘mdan boshlab;
  5. Samsung Galaxy J5 -- 1 394 000 so‘m;
  6. iPhone X -- 9 594 000 so‘mdan boshlab;
  7. iPhone 6 -- 2 952 000 so‘mdan boshlab;
  8. Samsung Galaxy A5 -- 2 583 000 so‘m;
  9. iPhone 8 -- 6 232 000 so‘mdan boshlab;
  10. iPhone 5s -- 1 700 000 so‘mdan boshlab.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.