Top-5: ishonchli akkumulyatorga ega smartfonlar, ularning yurtimizdagi narxlari

Top-5: ishonchli akkumulyatorga ega smartfonlar, ularning yurtimizdagi narxlari

Smartfonlar uchun kuch-quvvat manbai doimo muhim jihat bo‘lib kelgan. Bir marotaba quvvatlab, telefondan uzoq vaqt foydalanishni barchamiz ham xohlaymiz. Batareyalar turli materiallardan tayyorlangan bo‘ladi hamda ularning elektr toki sig‘imi ham bir-biridan farq qiladi. Xavfsizligi ham bevosita sifatiga bog‘liq.

Smartfon xaridi chog‘ida har bir xaridor smartfonning tok sig‘imiga diqqat qiladi. Shu bilan birga, bugun tezkor quvvatlash tizimi va quvvatni to‘ldirish vaqti ham e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar. Akkumulyator ishonchli bo‘lsa, u to‘satdan tutab yoki yonib ketmaydi.

Bugungi kunda kunora portlab ketayotgan smartfonlar haqida o‘ylar ekanmiz, har birimiz xavfsizligimizdan qayg‘uramiz. Shuningdek, akkumulyatorning uzoq vaqt xizmat qilish ham uning sifatiga bog‘liq.

IGN Tech texnologiyalar kompaniyasi hozirda smartfon bozorida mavjud mobil aloqa vositalarining quvvat manbalarini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi. Bu sinovda o‘ndan ziyod smartfon modellari imtihon topshirdilar. Uning asosida ishonchli va yaxshi akkumulyatorga ega smartfonlar tanlandi.

Ulardan esa "top-5"likni diqqatingizga havola qilmoqchimiz. Bu akkumulyatorlar eng ishonchli va telefondan samarali foydalanish uchun sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi.

Natijaga ko‘ra, ekspertlar iPhone X smartfoni ishonchli va sifatli, chidamli akkumulyatorga ega bo‘lgan deb topishdi. Bu smartfon batareyasi korpus orqasida "L" shaklida joylashgan, ya’ni ikki qismdan iborat. Uning elektr toki sig‘imi 2716 mA soat. Ayni paytda iPhone X (64 Gb, grey) "Malika"da 8 622 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Ishonchlilik va bir martalik quvvat bilan uzoq vaqt bezovta qilmaslik bo‘yicha iPhone 8 Plus ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Uning batareyasining tok sig‘imi 2675 mA soatga teng. iPhone 8+ (64 Gb, grey, gold, silver) hozirda "Malika"da 6 930 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Reytingdagi uchinchi o‘rinda Samsung Galaxy S9 flagman smartfonining akkumulyatori turibdi. Uning tok sig‘imi 3000 mA soat. Galaxy S9 modelining qora, kul rang va siyoh rang korpusli talqinlarini hozirda "Malika"dan 6 476 250 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

To‘rtinchi o‘rinni Google Pixel 2 telefonining batareyasi egallab turibdi. Uning tok sig‘imi 2700 mA soat. Yurtimizda u qadar ham ommalashmagan Google Pixel 2 O‘zbekistonda 730 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

So‘nggi o‘rinda esa LG V30 turibdi. Bu flagmanda 3300 mA soat tokni jam qiladigan akkumulyator mavjud. LG V30 O‘zbekistonda 600-630 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yuqoridagi telefonlarga o‘rnatilgan akkumulyatorlar sifati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchilar smartfonni tayyorlashda akkumulyatorlar uchun pulni ayashmagan va qimmat batareyalarni o‘rnatishgan.

Ekspertlarning fikricha, bu akkumulyatorlarning yonib ketish xavfi eng past va ular uzoq vaqt foydalanuvchiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ekspertlar Selsiy shkalasi bo‘yicha havo harorati 10 gradusdan past bo‘lgan sharoitda smartfondan foydalanmaslikni maslahat berishmoqda. Shuningdek, smartfonni uzoq vaqt davomida quyosh nurlari ostida qoldirmang. Aks holda, hammasi bexayr tugashi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!