TOP-6: $600 dollardan qimmat kuchli smartfonlarning bizdagi narxlari!

TOP-6: $600 dollardan qimmat kuchli smartfonlarning bizdagi narxlari!

Agar sizga davrimizning eng ilg‘or va oldi smartfonlari zarur bo‘lsa, unda siz o‘zingiz uchun ayni kerak materialni o‘qimoqdasiz. Quyida narxidan qat’inazar, sifatiga kafolat berilgan smartfonlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Samsung Galaxy S9 ($720)
Galaxy S8 modelidan qisman farq qilsa ham, S9 kompaniyaning yangi flagmani hisoblanadi. Infinity Display konsepsiyasi atrofida takomillashgan dizayn va maqbul barmoq izi skaneri, AR Emoji kabi funksiyalarga boy dasturlar hamda "super slow-motion" video oladigan ilg‘or kamerasi bilan mazkur devays bozorda ancha ommalashdi.

Samsung Galaxy S9 modelini Terabayt.uz do‘konidan kafolat bilan xarid qiling!

Samsung Galaxy Note 8 ($929)
Dizayn jihatdan Galaxy S8 modeliga o‘xshab ketadigan yana bir smartfon modeli bo‘lmish Galaxy Note 8 o‘zidagi imzo -- "S Pen" qalamchasi bilan ajralib turadi. Ushbu fablet Samsung’ning bosh kamerasi qo‘sh sensorli bo‘lgan ilk devaysi ekani bilan ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan. Ayni paytda smartfon bozoridagi eng qimmat devayslardan biri bo‘lgan Galaxy Note 8 yuqori sifatli displeyi va namoyishi bilan sizni maftun qiladi.

Apple iPhone X ($999)
Sevsangiz ham, yomon ko‘rsangiz ham iPhone X flagmani Apple’ning shu kungacha ishlab chiqargan eng yaxshi mobil telefonlaridan biri. Taqdimotga qadar va undan keyin ham bu devaysdagi Face ID tizimi tanqidga olindi, Touch ID tizimiga barham berilgani yaxshi qabul qilinmadi, ustiga-ustak narx "osmon"ga qarab sakradi. Biroq, iPhone X flagmanidan bir muddat foydalanib ko‘rsangiz, smartfondagi bu kamchiliklarni ko‘rmaysiz va narxiga munosib ekaniga guvoh bo‘lasiz.

Apple iPhone X modelini Terabayt.uz do‘konidan kafolat bilan xarid qiling!

Huawei P20 Pro ($1045)
Nihoyat, narx masalasida Apple iPhone X modelini ortda qoldiradigan smartfon maydonga keldi. "Uch ko‘zli" bosh kameraga ega bo‘lgan P20 Pro nihoyatda kuchli kamerafon ekani ko‘p takrorlandi. Nemislarning tajribali Leica firmasi ishlab chiqargan sensorlarda "aqlli texnologiya" joriy qilingan. Shuningdek, o‘ziga xos korpus ranglari bilan ham Huawei flagmani ajralib turadi.

Google Pixel 2 ($649)
Pixel 2 XL displeyi bilan bog‘liq turli tanqidiy fikrlarga qaramasdan, uning "og‘aynisi" bo‘lmish Pixel 2 modelini ham yaxshi devayslar qatoriga qo‘shishga qaror qildik. Uning bosh kamera sensori bitta bo‘lsa ham, bu devays ayni paytda kuchli kamerafonlardan biri sanaladi. Shu bilan birga, mobil telefon old panelidagi qo‘sh ovoz uzatkich, tezkorlik bilan yangilanadigan dasturiy ta’minot uning yaxshi Android gadjetlaridan biri ekaniga asos bo‘ladi.

Huawei Mate 10 Pro ($799)
"AI", ya’ni "aqlli texnologiya" joriy qilingan smartfonlar davriga yetib keldik, do‘stlar! Navbatdagi qahramonimiz ana shunday yaxshi devayslardan biri. Huawei Mate 10 Pro salobatli tashqi ko‘rinishi, uzoq vaqt xizmat qiladigan quvvat tizimi bilan ham diqqatga sazovor. Mate 10 — Huawei’ning kuchli flagmani hisoblanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.