Top-7: O‘zbekistonda bozori chaqqon smartfonlar, ularning narxlari (2018 yil, 14 fevral)

Top-7: O‘zbekistonda bozori chaqqon smartfonlar, ularning narxlari (2018 yil, 14 fevral)

Ayni paytda O‘zbekistonda ham smartfon savdosi jadal rivojlanib, yangi model va brendlarga bo‘lgan ehtiyoj muntazam yuqorilab bormoqda. Turli-tuman brendlar – Apple, Xiaomi, HTC, Samsung, Sony, LG, Meizu, Huawei va boshqalar mazkur bozor uchun ommabop smartfonlarni yetkazib bermoqdalar.

Ayrim xaridorlar ishonchni oqlagan brendlarni ma’qul qo‘rayotgan bo‘lishsa, aksariyat insonlar yangi, biroq hamyonbop brendlarning "aqlli telefon"larini xarid qilishmoqda. Kimgadir zamonaviy dizayn va hashamdor smartfonlar yoqadi. Biz quyida hozirda O‘zbekiston smartfon bozorida yaxshi sotilayotgan smartfon modellarini e’lon qilmoqchimiz.

Mazkur reytingni shakllantirishda o‘zimiz hamkorlik qilayotgan yirik do‘konlar, hamkorlar, jumladan internet do‘konlarining ma’lumotlariga tayanganmiz.

2018 yilning fevral holatida O‘zbekiston smartfon bozorida ehtiyoj eng yuqori bo‘lgan smartfon -- Xiaomi Redmi 4X.

Aynan mana shu mobil aloqa vositasi smartfon bozoriga tashrif buyurayotgan xaridorlar diqqat-markazida turibdi. Ayni paytda mazkur modelni poytaxtimizdagi elektronika do‘konlaridan 1 095 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Bu narx evaziga metall korpus va akkumulyatori uzoqqa, aniqrog‘i 2-3 kunga yetadigan boshqa devays topish qiyin. Reytingda keyingi o‘rin Xiaomi Redmi Note 4X fabletiga nasib qilgan. Yuqoridagi modelga qaraganda nisbatan kuchli protsessorga ega bu model 1 243 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Uchinchi o‘rin Xiaomi brendiga mansub 2 ta mobil aloqa vositasiga nasib qilgan: Redmi Note 5A hamda MI 5X. Redmi Note 5A modeli ayni kunlarda 1 225 000 so‘mdan, MI 5X (Xiaomi Mi A1) modeli esa 1 905 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda Apple iPhone 8 modeliga nasib qilgan. Bu ayfonning narxi jahon miqyosida sekin-asta pasayib bormoqda. Biroq, yurtimiz smartfon bozorida hozircha bu o‘zgarishni sezish qiyin.

Misol uchun, «Malika»da 2017 yil 19 dekabrida iPhone 8 (64 gb) 6 232 000 so‘m turgan bo‘lsa, ayni paytda uning bahosi 6 225 000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Samsung Galaxy S8 modeli esa reytingda 5-o‘rinda turibdi. Mazkur devaysni bugungi kunda 5 276 000 so‘mdan sotib olishingiz mumkin.

Oltinchi o‘rinni 2017 yilning "qahramoni" bo‘lgan iPhone 7 band qilgan. Mazkur model sezilarli ravishda arzonlashgan. Uni yurtimizda bozorlarida 5 276 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Yettinchi o‘rinda Huawei P10 Plus modeli turibdi. 5,1 dyuymli, Full HD (1920 x 1080) sig‘imli ekrani va samarali platformasidan tashqari, bu model kuchli kameralari bilan ham diqqatga sazovor: qo‘sh modulli -- 12 + 20 MP bosh kamera. f/1,8 diafragma, 4 karrali gibrid avtofokus, ikki karrali «gibrid» zum, video tasvir sig‘imi 2160r.gacha. Old kamera: 8 MP, f/1,9. Mazkur model 5 543 000 so‘mdan sotilmoqda.