Toshkent aeroportida katta miqdorda iPhone 7 qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida katta miqdorda iPhone 7 qo‘lga olindi

Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari bojxona solig‘i to‘lanmasdan mahsulot olib kirish bilan shug‘ullanayotgan uyushgan jinoyatchilar guruhini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Sof.uz nashri.

Olingan operativ ma’lumotlar tekshiruvi natijasida Toshkent aeroportida chet eldan kelgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ular 37 dona iPhone 7 smartfonlarini va uch dona HP noutbukini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda, respublika hududiga olib kirishga uringan. Ushbu mahsulotlar umumiy qiymati 150 million so‘mni tashkil qiladi.
Qo‘lga olingan shaxslar ismi sharifi, tergov ishlari oxiriga qadar e’lon qilinishi mumkin emas. Fuqarolar tintuvdan o‘tkazilganda ularning yonidan  boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lgan 13 dona valyuta plastik kartochkalari topilgan.

Ushbu ish yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Undan tashqari jinoyatga aloqador bo‘lgan, kontrabandistlar faoliyatini yashirishga uringan Toshkent aeroporti bojxona xodimlari ustidan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!