Toshkent metrosida yo‘l haqini elektron tarzda to‘lanadi

Toshkent metrosida yo‘l haqini elektron tarzda to‘lanadi

Toshkent metropoliteni vakillari matbuot konferensiyasida hozir tarmoqda optik tolali kabellar o‘tkazish ishlari ketayotganligini aytishdi. Elektron to‘lov tizimining o‘zi esa yaqin yillarda ishga tushiriladi.

Tadbirda Toshkent metropoliteni kuniga 160-180 ming yo‘lovchini manzilga yetkazishi eslab o‘tildi. Yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizligini o‘ylab, poyezd vagonlari modernizatsiya qilinmoqda.

Ayni kunlarda 6 vagon yangilandi. Ularning, nafaqat, tashqi ko‘rinishi, balki ichki qiyofasi ham boshqacha tus oldi. Elektrik, pnevmatik va mexanik jihozlar takomillashtirildi. Yong‘inning oldini olish uchun salonni yasatishda o‘t olmaydigan materiallardan foydalanildi va avtomatik o‘t o‘chirish tizimi o‘rnatildi. Mazkur vagonlarning xizmat muddati 15 yilga uzaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.