Toshkent shahrida haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan olinadigan smartfonlar va boshqa gadjetlar narxlari (2018 yil 28 aprel)

  •   DiMaX
  •  9233
  •  28.04.2018 17:05

Toshkent shahrida haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan olinadigan smartfonlar va boshqa gadjetlar narxlari (2018 yil 28 aprel)

Turli elektrotexnika mahsulotlari ham xarid qilishda to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish xaridorlar uchun qulaylik tug‘diradi. «Terabayt.uz» sayti hamkorlaridan biri – Credo Mobile kompaniyasi poytaxtimiz aholisi uchun turli ishlab chiqaruvchilarning smartfonlarini, planshet, noutbuk va «aqlli» soatlarini shu usulda olish imkonini taqdim etadi.

Credo Mobile kompaniyasining hozirda ikkita do‘koni mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi metroning «Chilonzor» bekati yaqinida – Nizomiy nomidagi TDPU ro‘parasida joylashgan.

Ikkinchi do‘kon esa «Fleshka» texnomarkazida (xalq tilida – «Malika» savdo majmuasida), yo‘l yoqasidagi 13-raqamli do‘konda joylashgan.

Credo Mobile do‘konlarida turli kompaniyalarning har xil qurilmalarini haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan xarid qilish imkoniyati mavjud. Yana bir qulay jihati shundaki, to‘lovlarni naqd pul vositasida ham, plastik kartochka yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali ham amalga oshirishingiz mumkin va bunda narxlar o‘zgarmaydi!

Marhamat, smartfonlar va boshqa devayslarni kredit bo‘yicha so‘mda sotib olishda amal qiluvchi narxlar bilan tanishing:

Credo Mobile do‘konlaridan smartfonlar va boshqa qurilmalarni bu usulda xarid qilish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Toshkent shahrida doimiy propiskangiz bo‘lgan biometrik pasportingiz;
  • Mahalla fuqarolar yig‘inidan «Kredit olish uchun» deb yozilgan ma’lumotnoma.

Yuqoridagi gadjetlarni shu shartlar asosida xarid qilish hamda bu borada batafsil ma’lumot olish uchun Credo Mobile kompaniyasiga +998-99-862-66-11 yoki +998-99-841-04-40 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin. Shuningdek, kompaniyaning yangiliklarini Telegram messenjeridagi Credo-mobile.uz (@credomobile) kanali orqali kuzatib borish imkoni mavjud.

Reklama huquqi asosida