Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi

Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi

2018 yilning 26 va 27 may kunlari  Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi, deb xabar qilinmoqda universitetning saytida.

Aksiya bolajonlarni dasturlash olamiga jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Aksiyada 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Mazkur aksiya doirasida bolajonlar bir soat davomida o‘yin, mobil ilova yoki veb-sayt yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladilar.

Aksiyada ishtirok etish uchun http://codecraft.uz/hour-of-code sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Joylar soni chegaralangan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yili Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning ijodiy iqtidorlarini yuzaga chiqargan holda kompyuterda yaratuvchanlik ishiga o‘rgatishdir.

Hozirda loyiha doirasida “Scratch” tilida dasturlash, “MIT App Inventor 2” platformasida “Android” uchun mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish bo‘yicha kurslar o‘tkazilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.