Toshkent shahridagi Inha universiteti «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi

  •   DiMaX
  •  986
  •  24.05.2017 10:45

Toshkent shahridagi Inha universiteti «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi

2017 yilning 26-27 may kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi. Bu haqda universitetning saytida ma’lumot berilgan.

Aksiya har yili 1 iyun sanasida nishonlanadigan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Codecraft» loyihasini ishga tushirgan. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.

Hozirda loyiha doirasidaga dasturlash kurslari «Scratch» tilida o‘tilib, «MIT App Inventor 2» platformasidagi «Android» mobil ilovalari asosida seb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati hamda bolajonlarni dasturlash olamiga jalb qilish maqsadida, 2017 yilning 26-27 may kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazmoqda.

Aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida o‘yinlarni yoki mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni olishadi.

Aksiyada ishtirok etishni istaganlar https://goo.gl/forms/s6RryBxU69oX3jrl1 manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Joylar soni cheklangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.