Toshkent shahridagi Inha universiteti Google I/O 2017 Extended konferensiyasiga mezbonlik qildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti Google I/O 2017 Extended konferensiyasiga mezbonlik qildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) an’anaviy Google I/O 2017 Extended konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda o‘quv yurti axborot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.uz.

IUT Google I/O 2017 Extended konferensiyasini uchinchi marotaba o‘tkazdi. Mazkur konferensiyada 300 nafardan ortiq ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar va O‘zbekistondagi ko‘plab universitet talabalari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi talqini, Android Go tizimining yengillashtirilgan talqini, Google Assistant va Google Photos servislarining yangi imkoniyatlari taqdim etildi. AQShdan tashqarida bo‘lgan Google Home «aqlli uy» tizimining ishga tushirilganligini ma’lum qilindi. Kompaniya, shuningdek, virtual reallik sohasidagi o‘z yechim va takliflarini ham taqdim etdi.

Tadbir davomida mahalliy IT-kompaniyalar vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ular IT-sohasining turli yo‘nalishlaridagi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular orasida UzMobile, «Stolik.uz», Datasite, Huawei, Super Dispatch, Texnoman, Payme, Newmax, ASBT, United Games, Net Extension, «Delphi.uz», Brandbox Branding, Zefir VR, «Pomidor.uz» va boshqa kompaniyalar mutaxassislari bor edi.

Qatnashchilar, shuningdek, veb va mobil dasturlar yaratish bo‘yicha amaliy sessiyalar, kompyuter o‘yinlari va xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etdi. Google I/O 2017 Extended doirasida O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber-futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda FIFA 2017 o‘yini bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!