Toshkent shahridagi Inha universiteti “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazadi

Toshkent shahridagi Inha universiteti “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazadi

Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazadi, deb xabar berilmoqda universitet saytida.

Bu yil  Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati “Ochiq eshiklar kuni”ni 27 iyun va 4 iyul kunlari o‘tkazadi.

“Ochiq eshiklar kuni” soat 16:30 dan boshlanadi. Tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 16:00 dan 16:30 ga qadar to‘planishadi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob beradilar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!