Toshkent xalqaro aeroportida Samsung Galaxy Note 7 haqidagi e’lon paydo bo‘ldi

Toshkent xalqaro aeroportida Samsung Galaxy Note 7 haqidagi e’lon paydo bo‘ldi

Toshkent aeroportining xalqaro parvozlarga mo‘ljallangan terminalida joylashgan yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish hududida Samsung Galaxy Note 7 smartfoni to‘g‘risida yozilgan ogohlantirishlar paydo bo‘ldi. Bu borada Kun.uz sayti xabar tarqatgan. Xususan, e’londa Samsung Galaxy Note 7 smartfoni bilan bog‘liq ehtiyot choralari haqida so‘z boradi. Mazkur e’lonlarni Air Astana aviakompaniyasi reysi uchun ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida ko‘rish mumkin bo‘lgan. E’londa shunday yozilgan:

glxd2

Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Samsung Galaxy Note 7 mobil telefoni bilan parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak:

–  telefon faqat qo‘l yukida olib o‘tilishi kerak;
–  telefon parvoz davomida o‘chirilgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish;
–  parvoz vaqtida telefonni umuman zaryadlamaslik;

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 11 oktyabrdan e’tiboran Galaxy Note 7 smartfonini ishlab chiqarishni rasman to‘xtatishini  ma’lum qilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!