Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi ochildi

15 sentyabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida,  Toshkentdagi O‘zekspomarkazda “ICTEXPO Uzbekistan-2015” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari  ko‘rgazmasi ish boshladi.  Ayni paytda mazkur ko‘rgazma Samarqand shahrida ham o‘tkazilmoqda,  deya xabar beradi O‘zbekiston Republikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Toshkentdagi ko‘rgazmada 120 kompaniya,  Samarqand shahrida esa 50 ga yaqin kompaniya ishtirok etmoqda.

“ICTEXPO-2015” bir necha yo‘nalishni o‘z ichiga olib,  ular qatoridan mobil aloqa,  internet,  telekommunikatsiya,  softver industriyasi,  e-hukumat hamda elektron tijorat kabi sohalar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmada bu yil alohida «ye-hukumat» va «Best Soft Uzbekistan» seksiyalari tashkil etilgan.  Stendlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha davlat organlari hamda korxonalari ishlari namoyish etilmoqda.

Haftalik ko‘rgazma axborot-kommunikatsiya nou-xau sohasidagi mutaxassislar uchrashuvi uchun ham ajoyib tadbir sifatida ko‘rilmoqda. Ko‘rgazmaning ishtirokchi kompaniyalari tomonidan tashrif buyuruvchilarga axborot texnologiyalari sohasida eng yangi ishlanmalar namoyish etiladi,  dolzarb xizmat va yechimlarning keng turlari taqdim etiladi.  Masalan,  ko‘rgazmada mobil tarmog‘iga keng polosali ulanish,  raqamli televideniye texnologiyalari,  teletibbiyot sohasidagi loyihalar hamda yangi axborot-kutubxona texnologiyalari namoyishga qo‘yilgan.

Ko‘rgazma doirasida 1-12 sentyabr kunlari Toshkent,  Samarqand,  Farg‘ona va Olmaliq shaharlarida o‘tgan kiberfutbol bo‘yicha saralash musobaqalari ortidan “Uzbekistan Cyber Games FIFA15” turniri ham o‘tkaziladi.  UCG FIFA15 musobaqasining milliy finali 15-17 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.  Turnirda 8 ta o‘rin g‘oliblariga sovrinlar (planshet,  smartfon va mobil telefonlari) hamda g‘oliblik diplomlari taqdim etiladi.

“ICTEXPO-2015”ga tashrif buyurganlar mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim etilgan “Gadget Fair” gadjetlar yarmarkasidan ham bahramand bo‘lishlari mumkin.  Bu yarmarkada mahsulotlarni nafaqat ko‘rib-o‘rganish mumkin,  balki smartfon,  noutbuk va planshet kabi qurilmalarni sotib olish ham mumkin.

Ko‘rgazma o‘z ishini 2015-yil 17 sentyabrgacha davom ettiradi.

xS00C414423137764097_b oh4eiM14423137783216_b ns3pe914423137777297_b N5R5BO14423137752924_b KF8fLX14423137780523_b jNhP6C14423137756129_b IaRnPA14423137786449_b eqAl7f14423137761543_b dX7R8S14423137766221_b AYdibw14423137771438_b A22WBr14423137758850_b 97GMHk14423137773988_b 5t3Dmp14423137788785_b

Suratlar Gazeta.uz’dan olindi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!