Toshkentda “Gangnam Style”ga raqsga tushadigan 5 ta robot paydo bo‘ldi

Toshkentda “Gangnam Style”ga raqsga tushadigan 5 ta robot paydo bo‘ldi

2016 yilning 24 fevral kuni Turin politexnika universitetida ochilgan Toshkent politexnika muzeyida dunyodagi birinchi android tizimida ishlaydigan odamsimon robot ixtirochisi, fransuz mexanigi Jak de Vokansonning tug‘ilgan kuni munosabati bilan “Androidlar kuni” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada talaba va yoshlarning quyosh nuri quvvatida ishlaydigan Solar Tracker, ClockBot, Robot-qo‘l, to‘rt g‘ildirakli Line Follower, robot-timsoh, “Rubik” kubigini yig‘uvchi robot, robot-buqa, Robotino, Tandem mashinasi kabi andoroid robotlar va robotexnikalar namoyish qilindi.

Suratlar ICTNEWS‘dan olindi. 

Ayniqsa, Janubiy Koreyaning mashhur pop-hiti – “Gangnam Style” musiqasiga raqsga tushgan 5 ta robotning harakatlari hammada hayrat uyg‘otdi. Ular zamonaviy robottexnika imkoniyatlarini namoyish etish uchun Janubiy Koreyadan keltirilgan. Ularni tomosha qilishni istaganlar uchun muzey eshiklari doimo ochiq.

Albatta, tashrif buyuruvchilar zamonaviy robottexnikalar namoyishini kutadilar. Beshta robot raqsini kuzatgan mehmonlar yana 12 ta model turi bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Ularni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari yaratgan. Eksponatlar orasida robot-qo‘l bor bo‘lib, u joriy vaqt raqamini marker bilan yozadi va har daqiqada yangilab turadi, qizil rangda ko‘radigan robot-buqa va kubik-rubik yig‘adigan robotlar ham bor.

Ko‘rgazma doirasida bolalar uchun robotexnikalarga bag‘ishlangan mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!