Toshkentda Intellect2all IT loyihalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkentda Intellect2all IT loyihalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkentda Intellect2all IT loyihalar tanlovi finali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Daryo.uz UzDaily nashriga asoslangan holda.

Tanlov doirasida eng yaxshi IT loyihalar tanlab olindi va uch yo‘nalish: veb-ishlanmalar, mobil dasturlar hamda virtual reallik nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Tanlovda 1,8 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Saralash bosqichlarida 80 dan oshiq IT loyihalar ko‘rib chiqildi.

Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Xorazm va Toshkentdagi saralash bosqichlaridan o‘tgan 40 loyiha muallifi finalga yo‘l oldi.

Xabar berishlaricha, har bir yo‘nalish g‘olibiga 10 million so‘mdan pul mukofoti berildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!