Toshkentda Koreyaning Osiyoda ikkinchi raqamli texnologiya universiteti ish boshlaydi

Toshkentda Koreyaning Osiyoda ikkinchi raqamli texnologiya universiteti ish boshlaydi

29 fevralda Oliy ta’lim vazirligida Koreya fan va texnologiyalar instituti (KAIST – Korea Advanced Institute of Science and Technology) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti orqali xabar tarqatmoqda.

Uchrashuvda Koreya fan va texnologiyalar instituti delegatsiya rahbari Jan Ku Kang muayyan kelishuvlardan so‘ng Toshkent shahrida institutning filialini tashkil etilishi to‘g‘risida gapirib o‘tgan.

Koreyalik vakillarning ma’lum qilishicha, dastlabki bosqichda moliya fakultetiga 200 nafar talaba qabul qilinadi va keyinchalik qabul kvotasi oshiriladi. Shuningdek, mazkur filialda iqtisodiyot fakultetini ham ochilishi rejalashtirilgan.

KAIST fan va texnologiyalar yo‘nalishida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Koreya Respublikasidagi birinchi darajali oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unga 1971 yilda asos solingan. Ta’lim muassasasining Seul va mamlakatning boshqa shaharlardagi bo‘limlarida 10 mingdan ziyod, shuningdek 70 dan oshiq mamlakatdan kelgan 600 ga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet 2014 yilda Quacquarelli Symonds tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Osiyoning eng nufuzli universitetlari ichida 2 o‘rinni egallagan.

KAIST filiali ochilsa, bu yurtimizdagi axborot texnologiyalari sohasi uchun kadr tayyorlaydigan Toshkent shahridagi Inha universitetidan keyin Janubiy Koreyaning yurtimizdagi ikkinchi, shu bilan birgalikda Janubiy Koreyaning xorijda ham tashkil qilgan ikkinchi universiteti bo‘ladi. Koreya Respublikasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga qadar boshqa biror mamlakatda o‘z oliy ta’lim muassasasining filialini ochmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!