Toshkentda mobil sohadagi xalqaro “MobiCon//2016” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda mobil sohadagi xalqaro “MobiCon//2016” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2-3 noyabr kunlari mobil sohadagi MobiCon//2016 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot sayti xabar bermoqda.

Tadbirda raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillari jamuljam bo‘ladilar. Beeline, Yandex, “Odnoklassniki”, LG Electronics, Ucell, Uzinfocom markazi va boshqa kompaniyalar mutaxassislari konferensiyada ishtirok etadilar va ma’ruza qiladilar.

Konferensiya dasturiga ko‘ra internet, media va telekommunikatsiyani rivojlantirish mavzulari uch zalda parallel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Konferensiyada smartfonlar va portativ qurilmalar, internet, startaplar, qo‘shimcha reallik, elektron tijorat, mobil sohasida monetizatsiya, mobil o‘yinlar kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qiladi.

Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan 20 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.