Toshkentda videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Toshkentda videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Toshkentning aholi istiqomat qilish mavzelari va mahallalariga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi.

Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov shu yilning 11 dekabrida “Toshkent shahridagi ko‘p qavatli turar-joylar, mahalla va mavzelarda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlarini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyish imzolagan.

Videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish xizmati maxsus tashkil etiladigan korxona va tashkilotlar, boshqaruv servis kompaniyalari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan har bir xonadon bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladi. Bino va inshootlarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarida qayd etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza etuvchi idoralarni xabardor qilish va ular so‘roviga binoan elektron yozuvini taqdim etish bu xizmatni tashkil etuvchilar zimmasida bo‘ladi.

Video qurilmalarning kuzatuv markazlari hudud profilaktika nozirlari xizmat xonalarida tashkil qilinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!