Toshkentda Xalqaro investitsion forum boshlandi

Toshkentda Xalqaro investitsion forum boshlandi

Bugun Respublika poytaxtida boshlangan Xalqaro investitsion forumga dunyoning 250dan ortiq kompaniya va firmalaridan, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalardan olimlar, ekspertlar, top-menejerlar tashrif buyuradi. Bu haqda uzreport.uz sayti xabar beradi.

Yig‘ilishda ularga respublikaning yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va boshqa sohalari bo‘yicha investitsion loyihalar haqida ma’lumot taqdim etiladi. Xalqaro ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik natijasida respublikaga kelajakda investitsiya oqimining kuchayishi kutiladi.