Toshkentda «Yangi Internet tashabbusi» tanlovi ish boshladi

Toshkentda «Yangi Internet tashabbusi» tanlovi ish boshladi

Toshkentda «Yangi Internet tashabbusi» tanlovi hakamlar hay’ati ish boshladi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan 200 dan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tdi va 100 dan ortiq talabnoma qabul qilindi. Tashkilotchilar ular orasidan tanlov talablariga mos keladigan 72 talabnomani tanlab oldi.

7 noyabr, dushanbadan boshlab grant talabgorlari o‘z loyihasini taqdim etmoqda. UZINFOCOM markazi xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari ularga savollar berib, loyiha haqidagi fikrini boyitmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!