Toshkentdagi Inha universitetidan «E-yoshlar» tanlovida g‘olib chiqqan talaba Koreyaga boradi

Toshkentdagi Inha universitetidan «E-yoshlar» tanlovida g‘olib chiqqan talaba Koreyaga boradi

Toshkent shahridagi Inha universiteti «E-yoshlar» tanlovida g‘olib chiqqan universitet talabasiga maxsus sovrin — Koreya Respublikasiga yo‘llanma taqdim etadi. Bu haqda universitet matbuot xizmatiga tayanib, «Infocom.uz» xabar qilmoqda.

G‘olib bo‘lgan universitet talabasi Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadi.

«E-yoshlar» tanlovi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan.

Tanlovda barcha qiziquvchilar ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega. Tanlov uch toifa — 5-15 yoshlilar, 15-25 yoshlilar va 25-30 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar matn (she’r, maqola, hikoya, ssenariy) yoki audio-video (qo‘shiq, qisqametrajli film, rolik, multfilm) mahsulotlari, ilmiy tadqiqot natijalari va boshqa ijod namunalari bilan ishtirok etishi mumkin.

Qabul qilingan ijod namunalari foydalanuvchilar tomonidan 2016 yil 1 apreldan 30 aprelgacha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar diplom, pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Manba: Daryo.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!