Toshkentdagi «Xavfsiz shahar»da sun’iy idrokdan foydalaniladi

  •   DiMaX
  •  1138
  •  30.01.2018 17:25

Toshkentdagi «Xavfsiz shahar»da sun’iy idrokdan foydalaniladi

Respublikamiz poytaxtida qurilayotgan «Xavfsiz shahar» yagona uskuna-dasturiy majmuasi ishida shaxsni aniqlash tizimi amal qiladi. U sun’iy idrokka asoslanib, doimiy yashovchilarning qiyofasini eslab qoladi. Bu haqda  spot.uz nashri xabar bergan.

O‘QING: Prezident “xavfsiz shahar” qurish dasturini tasdiqladi

Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahrida 16 000 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatiladi. Bu haqda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi rahbari Mirodil Sangilov ma’lumot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, videokameralardan olingan axborotlarni sun’iy idrok tizimi qayta ishlaydi.

«Ayrim yashovchilar buni, go‘yoki ustlaridan nazorat o‘rnatilayotgandek tushunishlari mumkin. Ammo «Xavfsiz shahar» majmuasining ishlash tamoyili buni inkor etadi. Loyiha doirasida o‘rnatilayotgan videokuzatuv kameralarini dispetcher nazorat qilmaydi. Voqea-hodisani qayd etishdan boshlab, ma’lumotlarni qayta ishlash va tegishli xizmatga xabar berishgacha bo‘lgan barcha ishlar bilan sun’iy idrok tizimi shug‘ullanadi», – deydi Mirodil Sangaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sergeli tumanida o‘rnatilgan shaxsni aniqlash tizimi doimiy yashovchilarni o‘zi eslab qoladi. Begona shaxsning, ayniqsa bir nechta shaxslarning paydo bo‘lishi videokuzatuv kameralarining e’tiborini tortadi. Bu haqda profilaktika inspektoriga bildirishnoma yuboriladi.

Xabarga ko‘ra, sun’iy idrok bilan ta’minlangan videokuzatuv tizimining asosiy o‘ziga xosligi – jinoyatni sodir etilmasidanoq aniqlay olishidar.

O‘QING: «Xavfsiz shahar» loyihasi butun O‘zbekistonni qamrab oladi