Tri-D Dynamics: raketa uchun tez, sifatli va arzon dvigatellar bosib chiqaramiz

Tri-D Dynamics: raketa uchun tez, sifatli va arzon dvigatellar bosib chiqaramiz

Tri-D Dynamics startapiga yosh va tirishqoq talabalar asos solgan. Ular 3D printerda dvigatellar bosib chiqarib, raketasozlik sanoatini larzaga solishmoqchi. Bu dvigatellarning quvvati 1134dan 2268 ot kuchigacha.

Kompaniya boshlig‘i Aleksandr Finch raketalar uchun suyuqlikli dvigatellarni ikki kunda tayyorlashi mumkinligini bildirdi. Dvigatelning tuzilishiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Ammo eng murakkab dvigatelni bosib chiqarish ham ikki haftadan ko‘p vaqt olmaydi. Dvigatelni an’anaviy yo‘l bilan chiqarish esa bir oyga cho‘ziladi.

“Dvigatelni an’anaviy yo‘l bilan ishlab chiqarish uchun yaxshi payvandchi, ikki injener, sifat nazoratchilari, testerlar, yordamchilar, bundan tashqari yana ikki odam kerak bo‘ladi, — deydi startap ta’sischilaridan biri Dipak Atyam. — 3D printer yordamida esa bir yoki ikki kishi osongina dvigatel bosib chiqarishi mumkin”.

Hozir injenerlar turli kosmik texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda. Bir haftada yigirmatagacha dvigatel tayyorlashni mo‘ljallayapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!