Sukerbergni raislikdan haydashmoqchi!

  •   DiMaX
  •  724
  •  07.02.2017 13:47

Sukerbergni raislikdan haydashmoqchi!

VentureBeat nashrining yozishicha, Facebook aksionerlarining bir guruhi kutilmagan taklif bilan chiqdi: Mark Sukerbergni kompaniya direktorlari boshqaruvi raisi lavozimidan chetlatish!

Taklifni ular quyidagicha asoslashgan: «direktorlar kengashining raisi mustaqil bo‘lsa, u kompaniya rahbarlarini yaxshiroq kuzatishi, korporativ boshqaruvni yaxshilashi va aksionerlar uchun zaruriy taraqqiyot dasturini o‘rnatishi mumkin».

Bu taklifni ko‘tarib chiqqanlar – SumOfUs nazorat komissiyasi iste’molchilar guruhi a’zolari bo‘lgan Facebook aksionerlaridir. Mazkur tashkilot korporatsiyalarni global muammolar, masalan – iqlim o‘zgarishi, mehnatkashlarning huquqlari poymol etilishi, inson huquqlari, korrupsiya va hokazolar uchun mas’ullikka chaqiruvchi internet hamjamiyati hisoblanadi.

SumOfUs kapital bozori maslahatchisi Layza Lindsli so‘zlariga ko‘ra, 333 mingga yaqin kishi Facebook’da korporativ mas’uliyatni yaxshilash talabi bayon etilgan petitsiyani imzolagan; shulardan  1,5 ming nafari mazkur ijtimoiy tarmoqning aksionerlaridir. Lindsli xonimning ta’kidlashicha, SumOfUs’ning to‘rt nafar a’zosi aksiyalari Sukerbergni o‘z lavozimidan chetlatish bo‘yicha taklif berishga yetarlidir.

Nashrning ta’kidlashicha, bosh direktorning boshqaruv raisi lavozimida ham o‘tirishi – Tesla, Bank of America, Walt Disney Company, IBM, Amazon, Netflix va boshqa kompaniyalarda ham keng tarqalgan tajriba.

Ammo Facebook bu tashabbus guruhining talablariga rozi bo‘lishi qiyin, zero, Sukerberg kompaniyaning eng yirik aksionerlaridan biri hisoblanadi; bu qaror esa ijtimoiy tarmoqning moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi mumkin, deydi VentureBeat.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!