Tug‘ilgan kuning bilan, Google!

Tug‘ilgan kuning bilan, Google!

Bugun internet qidiruv giganti bo‘lmish Google o‘zining 21-bahorini qarshilamoqda!

Kompaniyaga asos solingan aniq sana hali ham noma’lum, buni hattoki, Google'dagilarning o‘zi ham bilmaydi.

1998-yilda Stenford universiteti talabalari Leri Peyj va Sergey Brinlar tomonidan asos solingan Google, odatda, tug‘ilgan kunini 27-sentyabrda nishonlaydi.

Lekin 2005-yilda bayram bir kun oldin, 26-sentyabrda, o‘tkazilgan. Bunisi ham yetmagandek, 2008-yilda bayram dudllari 8-sentyabrda, 2004-yilda esa 7-sentyabrda jo‘natgan.

O‘zi, Google'ga qachon asos solingan?
Google o‘zining saytida faoliyatini boshlagan sana sifatida 1998-yil 4-sentyabrni ko‘rsatadi, ammo yangi qidiruv saytini yaratish g‘oyasi 1996-yildan amalda tatbiq qilina boshlangan.

27-sentyabr sanasi tasodifan tanlanib qolib, haligacha bayram kuni sifatida davom etayotgan ko‘rinadi. Google tug‘ilgan kunini ilk marotaba 2002-yil 27-sentyabrda nishonlagan.

Peyj va Brinlar "Google" so‘zini "googol"dan olgan. Bu 1 raqamidan so‘ng 100 ta nolga ega son hisobalanib, ramziy ma’noda, qidirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar sig‘imining o‘ta katta ekanligini anglatadi.

Sayt yaratilganidan buyon Google dudllari turli voqealarni o‘zida aks ettirib keladi. Ularning birinchisi 1998-yilda Yonayotgan kishi festivali sharafiga yaratilgan. Shundan buyon butun dunyo bo‘ylab nishonlanadigan bayramlar, taniqli shaxslarning tug‘ilgan kunlari va muhim voqealar, masalan, oyga qo‘nish kabilarning barchasi dudllar orqali eslatib boriladi.

Google Rasm qidiruvi 2001-yilda, Gmail esa undan uch yil o‘tib yaratilgan.

Google shunchalik ommalashganki, 2006-yilga kelib "google" so‘zi ingliz tilida fe’l sifatida qabul qilingan ("Google'dan qidirish" ma’nosida).

O‘QING: Okay, Google, meni professionalga aylantir!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.