To‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari odamning reaksiyasini sekinlashtiradi

To‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari odamning reaksiyasini sekinlashtiradi

Virtual reallik, shubhasiz, yangi mobil texnologiyalar yo‘nalishida eng asosiy trendlardan hisoblanadi. Biroq aksariyat ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Apple kompaniyasining qayd etishicha, to‘ldirilgan reallik texnologiyasining imkoniyatlari ham juda yuqori. Mazkur sohada Google Glass ko‘zoynaklari eng istiqbolli loyihalardan biri edi, hozirda esa Microsoft HoloLens ushbu gadjetning o‘rnini egallashga ulgurgan.

AQShning markaziy Florida universiteti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, to‘ldirilgan reallik qurilmalari insonning tashqi olamga bo‘lgan reaksiyasini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin ekan, deyiladi 4PDA saytida berilgan xabarda. Bunga sabab ularning ko‘z o‘ngida paydo bo‘ladigan turli ma’lumotlarga chalg‘ishidir. Tadqiqotchi Joanna Lyuis tajribasida 363 ta talab ishtirok etgan. Tajriba vaqtida  Google Glass ko‘zoynaklarini taqqan va taqmagan holatda kompyuterdagi ob’yektni topish kerak bo‘lgan. Google Glass ko‘zoynaklarini taqqan barcha talabalar ushbu gadjetni taqmagan ishtirokchilarga qaraganda ob’yektni topish uchun bir muncha ko‘p vaqt sarflashgan.

Olimlar mazkur tajriba orqali asosiy va qo‘shimcha axborot orasida ro‘y beradigan aloqani o‘rganishni maqsad qilishgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!